Eng chekka mahalladagi xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

18.11.2022, 18:04

Eng chekka mahalladagi xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

O`zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi tomonidan tumandagi Ravalliq, Qahramon mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida istiqomat qiluvchi 15 nafar xotin-qizlar uchun bepul  tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

“Sog‘lom oila - mustahkam oila” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur tibbiy ko‘rikda malakali tibbiyot xodimlari tomonidan xotin-qizlar bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiruvlardan o‘tkazildi. 8 nafar xotin-qizlarga bepul dori-darmon tarqatildi.

Shuningdek, tadbir davomida tibbiyot xodimlari tomonidan, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasida suhbatlar o‘tkazildi. Kerakli yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Ko‘rsatilgan e’tibor va ko‘makdan xursand bo‘lgan xotin-qizlar tashkil etilgan tibbiy ko‘rik uchun tashkilotchilarga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirishdi.

Saida Umaraliyeva,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti”guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    442
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+