“Rahimboy”da yangi quyi bo‘g‘in tuzildi

26.03.2018, 18:10

“Rahimboy”da yangi quyi bo‘g‘in tuzildi

Mingbuloq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha viloyatning yetakchi tumanlaridan biri. Ayni chog‘da tumandagi 800 dan ortiq fermer xo‘jaliklarida 15 mingga yaqin aholi mehnat qilmoqda.

Bu haqda O`zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan  Mingbuloq tumanidagi “Rahimboy” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan amaliy muloqotda alohida ta’kidlandi.

– Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligimizda paxta, g‘alla mahsulotlari bilan birgalikda issiqxona va asalarichilik yo‘nalishlari bo‘yicha yordamchi xo‘jaliklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, – deydi fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Farhod Xanafayev. – Hozirda 15 dan ortiq doimiy ishchilarimiz bor. Paxta, g‘alla xirmoni rejasini ortig‘i bilan bajarib, takroriy ekinda 50 tonnadan ortiq dukkakli mahsulotlar yetishtirishga erishdik. Endi yetishtirayotgan mahsulotlarimizni eksport qilishni rejalashtiryapmiz.

Tadbirda “Rahimboy” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qoshida O’zLiDePning yangi quyi bo‘g‘ini tuzildi.

Rustamjon XAKIMOV,

O`zLiDeP Namangan viloyati

                   Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1123
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+