O‘zLiDeP deputati Shahrixondagi 25 MTMga ichimlik suvi olib keldi

27.03.2018, 16:41

O‘zLiDeP deputati Shahrixondagi 25 MTMga ichimlik suvi olib keldi

–Maktabgacha ta’lim muassasamiz barpo bo‘lganidan buyon ichimlik suvi tanqisligidan qiynalardik, – deydi bog‘cha mudirasi Nazokatxon Umurzaqova. – “Obod qishloq” loyihasi doirasida ta’lim muassasamizda ham qator qulayliklar yaratildi. Biz yashayotgan hududni obodonlashtirayotgan O‘zLiDeP Andijon viloyati Kengashi ishchi guruhi o‘rganishlaridan so‘ng qisqa fursat ichida muassasamizga toza ichimlik suvi olib kelindi. Bu ezgu harakatga bosh-qosh bo‘lgan Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Tohirjon Tolipovdan minnatdormiz.

–Farzandlarim mana shu bog‘chaga qatnaydi, – deydi Inoyatxon G‘aniyeva. – Ichimlik suvi muammosi bilan bir necha joyga murojaat qilsak-da, natijasi bo‘lmadi. Farzandlarimizga o‘zimiz suv olib kelib berardik. Deputatning ko‘magi bilan ana shu muammoimiz hal bo‘lganidan, birinchi navbatda, biz ota-onalar mamnunmiz.  

Ta’kidlash joiz, mazkur maktabgacha ta’lim muassasasida partiya viloyat Kengashi tashabbusi bilan joriy ta’mirlash ishlari ham olib borilmoqda. Muassasani o‘yinchoqlar va o‘quv qurollari bilan ta’minlashda maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy tashkilotlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Nozimjon ERGASHEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyati Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1372
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+