Deputatning saylovchilarga nafi tegayapti

20.12.2022, 10:11

Deputatning saylovchilarga nafi tegayapti

Bugun O’zLiDePning mahalliy kengashlardagi deputatlari butun e’tiborini aholini qiynayotgan muammolarga qaratmoqda. Xususan, partiyaning Termiz shahar Kengashi deputati Kravchenya Gennadiy Nikolayevich ham xalq bilan doim birga.

Bir necha oy oldin “Navro‘z” mahallasidagi Salovot ko‘chasini ta’mirlash bo‘yicha hudud aholisidan murojaat kelib tushgandi. Ushbu murojaat deputatning ko‘magi bilan ijobiy hal etilib, ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetdi.

Xalq vakili bundan tashqari “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inidagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogironlarga moddiy ko‘mak berib kelmoqda. Xususan, u rahbarlik qilayotgan “Geniy Termiz” MChJ hisobidan O’zbekiston Respublikasi ko‘zi ojizlar jamiyati Surxondaryo bo‘limiga, viloyat tug‘ruq perenatal markaziga 20 mln. so‘mlik homiylik yordami ko‘rsatdi. Termiz shahrini obodonlashtirish ishlari uchun esa 30 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratdi. Hududdagi nogironligi blgan 40 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari tarqatdi va kam ta’minlangan oilalarga 25 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.

“Navro‘z” mahallasidagi o‘quvchilar qo‘shni mahalladagi maktabga borishadi. O’rtada mashina yo‘li bo‘lganligi bois, o‘quvchilar yo‘lni kesib o‘tishga qiynalishardi. Aholining murojaatidan so‘ng, Gennadiy Nikolayevichning tashabbusi bilan piyodalar yo‘lakchasi belgisi o‘rnatilib, ko‘chaga yo‘l chizig‘i tortildi. Deputat ushbu yo‘ldan har gal o‘tganida bolalarning maktabga o‘tib-qaytishiga ham ko‘z tashlab qo‘yishni kanda qilmaydi.

 O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+