Sayyor qabuldan so‘ng Loyishda yangi bozor ish boshladi

28.03.2018, 11:20

Sayyor qabuldan so‘ng Loyishda yangi bozor ish boshladi

O‘tgan yil 21 noyabr kuni Oqdaryo tuman, “Miyonqol” MFY fuqarolari bilan o‘tkazilgangan sayyor qabulda Xudoynazar Abdurahmonov mol bozori tuman markazidan 11 km. uzoqlikda joylashgani, bu esa aholiga qiyinchiliklar tug‘dirayotganligini ma’lum qilib, Loyish shaharchasi atrofida mol bozori uchun joy ajratilishi yuzasidan murojaat qilgan edi.

Murojaat yuzasidan xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi T.Eshmanovning Samarqand viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi raisi T.Mamadaliyevga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Deputatlik so‘rovi natijasida muammolar atroflicha o‘rganib chiqilib, bozor uchun joy ajratildi va joriy yilning mart oyidan boshlab, yangi bozor o‘z faoliyatini boshladi. Natijada aholining ham naqdi, ham vaqti tejaladigan bo‘ldi, sarsongarchiliklarga chek qo‘yildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1348
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+