Beruniylik 4 nafar “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga asbob-uskunalar olib berildi

03.02.2023, 16:29

Beruniylik 4 nafar “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga asbob-uskunalar olib berildi

“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida amaliy ishga qo‘l urildi.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyiha doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu borada hududlardan saylangan deputatlar tomonidan ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik  guruhi a’zosi Xamida Matkarimova ham “Bir deputat – yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatib kelyapti.

Jumladan, partiya faoli «Do‘stlik» OFYdagi «Ayollar daftari» ro‘yxatida turgan  ishsiz ayollarga subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berishda va bandligini ta’minlashda tashabbus ko‘rsatdi. Mazur mahalla fuqarolari Ye.Davletbayeva va M.Jumakovalarga tikuv mashinasi, S.Bazarbayevaga parrandachilik bilan shug‘ullanishi uchun inkubator berildi. Yana bir ayol Z.Kurbanbayevaga pishiriq pishirishi  uchun pechka berildi. Hozirgi kunda bu mahalla qizlari o‘z-o‘zini band qilib, faoliyatlarini olib bormoqda.  

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    450
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+