Pastdarg‘omdagi sayyor qabulda aholining 15 ga yaqin muammosini O‘zLiDeP deputatlari o‘z nazoratiga oldi

31.03.2018, 13:22

Pastdarg‘omdagi sayyor qabulda aholining 15 ga yaqin muammosini O‘zLiDeP deputatlari o‘z nazoratiga oldi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tumandagi “Kamolot”, “Nayman”, “Mirzato‘p”, “Nomozgoh” MFYlaridagi aholi bilan sayyor qabul tashkil etdi.

Partiya tomonidan viloyatning chekka hududlarida birgina joriy yilning uch oyi davomida 31 ta shu kabi sayyor qabullar tashkil etilgan bo‘lib, mazkur sayyor qabullarda ko‘tarilgan 40 dan ortiq muammolar hal etilgan.

Sayyor qabulda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, ichimlik suvi, bank krediti masalasi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, uy-joy, sog‘liqni saqlash sohasiga oid 15 ga yaqin muammolar ko‘tarildi.

 “Kamolot” MFY, Sh.Umirov ko‘chasi 52-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro To‘qsonova Muqaddas farzandi To‘qsonov Alisherning og‘ir betobligi, bugungi kunda nogironlik aravachasiga muhtojligi borligini so‘rab murojaat qildi. Partiya faollari muammoni e’tiborsiz qoldirmay, masalani joyida hal etishga qaror qildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tadbirkor Diyor Umerov mazkur xayrli ishga bosh-qosh bo‘lib, Alisher To‘qsonovga nogironlik aravachasi olib berildi.      

Shuningdek tadbir doirasida “Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak” shiori ostida “Nayman”, “Mirzato‘p” va “Kamolot” mahallalaridagi 6 ta kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, tadbirkor, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Diyor Umerov tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1369
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+