Nurobodlik ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
04.05.2023, 16:17
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” Nurobod tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazida "Ayollar daftar"iga kiritilgan ishsiz va boquvchisini yo‘qotgan ayollarning bandligini ta’minlash va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida tajribali tikuvchilar va soha xodimlari ishtirkida “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida master klass o‘tkazildi.
Bugungi kunda mazkur markaz tashabbusi bilan ayollar va yoshlarni har tomonlama moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, buning uchun esa avvalo xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Targ‘ibot tadbiri natijasida mazkur markazda milliy hunarmandchilik va tikuvchilikka qiziqishi bor 5 nafar xotin-qizlar o‘quv kurslariga biriktirildi.
Marhabo Chuliyeva,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring