O‘zLiDeP “Jom” MFY hamshiralariga patronaj sumkalar tarqatdi

04.04.2018, 17:58

O‘zLiDeP “Jom” MFY hamshiralariga patronaj sumkalar tarqatdi

O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Jom” MFYda “Xotin-qizlarning ma’naviy xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda xotin-qizlar o‘rtasida zararli illatlar tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarni bartaraf etish, shuningdek, alkogolizm va giyohvandlik vositalariga ruju qo‘ygan ayollarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish lozimligi ta’kidlandi.

–Bugun ayrim ota-onalar erta turmush, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlarini ko‘ra bila turib, shoshma-shosharlik va o‘zboshimchalik bilan to‘y boshlayapti, – deydi O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi raisi o‘rinbosari - apparat rahbari M.Usanova. – Shu bois partiyamiz tomonidan kasb-hunar kollejlarida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida  turli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ularda esa qiz bolani barvaqt turmushga berish, erta farzand ko‘rish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zarurligi tushuntirilyapti.

Tadbir davomida hududlardagi tibbiyot muassasalari hamshiralariga patronaj sumkalar tarqatildi.  

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1856
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+