Tadbirkorlar Soliq qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi loyihasini muhokama qildi

06.04.2018, 10:43

Tadbirkorlar Soliq qonunchiligini takomillashtirish  Konsepsiyasi loyihasini muhokama qildi

O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi viloyat Davlat Coliq boshqarmasi bilan hamkorlikda  “Navoiy savdo kompleksi” AJda coliq qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasining loyihasiga bag‘ishlangan amaliy muloqot tashkil etdi.

Muloqotda “Faol tadbirkorlik innavatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida coliq ma’murchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi va metodologiyasini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish maqsadida coliq qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

– Mazkur loyihani tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi, – deydi Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Avezov. –Ayni chog‘da mazkur Komissiya tomonidan yetakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar – ekspertlar, tadbirkorlik tuzilmalari va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligini tubdan yaxshilash, soliq organlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilmoqda. Monitoringdan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir soliq to‘lovchining iqtisodiy salohiyatini o‘rganish, mahalliy budjetga tushadigan soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlashdan iborat.

Muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan konsepsiya bo‘yicha fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi. 

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1561
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+