Ayol bilan jamiyat go‘zal, hayot charog‘on

29.09.2023, 16:18

Ayol bilan jamiyat go‘zal, hayot charog‘on

– Ayolni e’zozlash va unga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Yurtimizda xotin-qizlarga yuksak hurmat, doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinayotgani, bu boradagi tizimli ishlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ham bejiz emas.

Ayol bugun nafaqat ona yoki oqila oila bekasi, balki u o‘qituvchi, shifokor, tadbirkor, fermer. Bir so‘z bilan aytganda, u bilan jamiyat go‘zal, hayot charog‘on.

O‘zLiDeP tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik-tanlovi partiyaning saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor tadbirkor va fermer xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mustaqil yurtimizda fermerlik harakati keng ommalashgani natijasida 2010 yilda 20 gektar maydonda “Anvar Aziza Invest” fermer xo‘jaligiga asos solganmiz. Avval g‘alla va paxta yetishtirilgan bo‘lsa, keyinchalik uzumchilik, bog‘dorchilik faoliyati tashkil etildi. Ishchilar soni esa 31 nafarni tashkil etadi. Ularning aksariyati shu mahallada istiqomat qilayotgan xotin-qizlardan iborat.

Biz bo‘shagan yerlarga ikkinchi ekin ekish uchun tumandagi Beklar va Xonchorbog‘ mahallaridagi kam ta’minlangan ayollardan 50 nafardan ortig‘iga 0,30 sotixdan yer ajratib berib, ekindan daromad olishlariga bosh bo‘lmoqdamiz. Ishsiz mahalladoshlarimiz bandligini ta’minlash maqsadida uzum yetishtirish sirasrorlarini yigit-qizlarga o‘rgatyapmiz.

Tavsiya XAYRULLAYEVA,

Toyloq tumanidagi “Anvar Aziza Invest” fermer xo‘jaligi rahbari,

“Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi g‘olibi

  • Ko'rildi
    326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+