Bilimdon, faol va tashkilotchi talabalar kadrlar zahirasiga olindi
26.10.2023, 12:25
Namangan muhandislik texnalogiyalari institutida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyasi fakulteti talabalari bilan O'zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi hamda tajribali tadbirkor ayol Nargiza Davronova bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda oliygohning bir guruh faol talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirni institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori boshlab berdi. “O’zbekiston - 2030” strategiyasiing birinchi ustuvor yo‘nalishida har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlarni yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalarga e’tibor qaratildi. Institutda bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, talabalarning bu jarayonlardagi ishtiroki, eng yuqori natijalarga erishgan faol yoshlar haqida so‘z yuritdi.
Partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudirilari “Yangi avlod kadrlari” loiyhasi, undan ko‘zda tutilgan maqsad haqida tushuncha berdilar. Shuningdek, ular ushbu loyihada faol ishtirok etib, “Yangi avlod kadrlari” zahirasiga olingan a’lochi, tashkilotchi, tashabbuskor yoshlarni misol keltirdilar.
Uchrashuv davomida tadbirkor korxonaning tashkil etilishi va hozirgi kundagi mavqei hamda korxonada olib borilayotgan bugungi faoliyat, ishlab chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar, talaba yoshlarni ishga qabul qilish tartiblari borasida ma’lumotlar berib o‘tdi. Uchrashuv yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring