Partiya “Ayollar qanoti” vakillari oilaviy tadbirkorligini boshlagan tadbirkor xonadonida bo‘ldi

27.11.2023, 18:04

Partiya “Ayollar qanoti” vakillari oilaviy tadbirkorligini boshlagan tadbirkor xonadonida bo‘ldi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Toshkent viloyati Kengashi ayollar qanoti vakillari Ohangaron tumani “O’zbekiston” mahallasida yangidan ish boshlab o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan partiya faoli Sadoqat Ashuraliyevaning xonadonida bo‘ldilar.

Bu yerda kichik oilaviy korxona rahbari Sadoqat Ashuraliyeva o‘zining sut va sut mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan sexi bilan yaqindan tanishtirdi.

Bugun taddbirkorning sut va sut mahsulotlarini qayta ishlab, qadoqlashga mo‘ljallangan “Mymilk” nomli oilaviy korxonasi bor. Partiya faoli o‘z tadbirkorligini boshlashida unga mahalliy hokimiyat idoralari va partiya mutasaddilari yaqindan ko‘maklashganidan minnatdor. “Agrar soha ayollari” uyushmasi ko‘magida sut mahsulotlarini qayta ishlovchi asbob-uskunalar xaridi uchun 200 million so‘mlik subsidiya olishga erishdi. O’z xonadonida oilasi, farzandlari bag‘ridan uzilmagan holda faoliyat yuritib, daromad topish imkoniga ega bo‘ldi. Shuning barobarida mahallada istiqomat qiluvchi 3 nafar ishsiz xotin-qizlarni ham kichik korxonasiga ishga oldi. Bundan tashqari, qayta ishlashga yaroqli, sifatli sut va sut mahsulotlarining aholi xonadonlaridan yig‘ib olinayotgani ularning ham uyda o‘tirib, moddiy daromad topishlariga sabab bo‘lmoqda. 

Bugun ular ishlab chiqarayotgan sut mahsulotlari “Aslmilk” brendi ostida mahalliy bozorda o‘z xaridorlariga ega bo‘lib ulgurdi.

Partiya vakillari suhbat jarayonida tadbirkorning o‘z ish tajribasi va tadbirkorlikka doir bilimlari bilan o‘rtoqlashar ekan, mahallada ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb qilish orqali ularning bandligini ta’minlashga xissa qo‘shayotgani uchun unga alohida minnatdorlik bildirdilar.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    125
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+