Xotin-qizlarimiz mehnat qilishi uchun munosib sharoitlar yaratib berilmoqda

28.11.2023, 15:46

Xotin-qizlarimiz mehnat qilishi uchun munosib sharoitlar yaratib berilmoqda

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda viloyat Kengashi, Ohangaron shahar Kengashlari “Ayollar qanoti” rahbarlari tashabbuskorligida Ohangaron tumanidagi “Trendtex” MChJ da o‘tkazilgan uchrashuvda korxonada faoliyat yurituvchi 170 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Partiyaning “Farovon oila” loyihasi doirasida tashkil qilingan tadbirda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarni baholi qudrat bartaraf etish yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlari haqida so‘z bordi.

Yurtimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning munosib mehnat qilishi va qobiliyatlari,  salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, jamiyatdagi o‘rni va maqomini mustahkamlashga ko‘maklashish partiyaning o‘ta muhim vazifalaridan bo‘lib qolishi ta’kidlandi.

Tadbir davomida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish, oldini olish va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarni himoya qilish mexanizmlariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Partiya mutasaddilari bugungi kunda dunyoning ilg‘or mamlakatlariga eksport qilinadigan yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga o‘z munosib xissasini qo‘shayotgan korxona ishchilariga yaratib berilgan mehnat sharoitlari bilan ham yaqindan tanishishdi.

Hozirgi kunda 200 dan ortiq xotin-qizlar ishlayotgan korxonada ishchilarga yaratib berilgan qulay mehnat sharoitlari, mehnatga yarasha haq to‘lashdagi maosh to‘lovlarining o‘z vaqtida amalga oshirilayotgani, bundan tashqari, jamoada mehnat qilayotgan “Ayollar daftari”da turuvchi ayollar ham jamiyat rahbariyatining alohida e’tibori, g‘amxo‘rligi va qo‘llab-quvvatlashi ostida ekaniga guvoh bo‘lindi.

O’zaro samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar o‘zlarining ish bilan bandlik, ta’lim olish, uy-joy, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid barcha savollariga javoban tavsiyaviy xarakterga ega huquqiy maslahatlar olishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    131
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+