Narpayda joriy yilning birinchi choragi davomida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasida 32 ta huquqbuzarlik aniqlandi

11.04.2018, 21:04

Narpayda joriy yilning birinchi choragi davomida  voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasida 32 ta huquqbuzarlik aniqlandi

Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Rustamovning axboroti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, bugungi kunda tumanda jami 204900 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 63144 nafari 18 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan chin yetim bolalar soni esa 37 tani tashkil qiladi.

 –Ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchi  shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 2018 yilning birinchi choragi davomida 32 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan, – deydi  A.Rustamov o‘z hisobotida. – Ularning har biri ma’muriy jarimaga tortilib, jarimalar undirilgan.

Yig‘ilish so‘nggida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Nodir TO‘RAYEV,

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat

Kengashi deputatlik

guruhlari bilan ishlash

bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1275
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+