O‘zLiDeP ko‘magida “Bo‘ston” MFY ma’muriy binosini qurish uchun 8 sotix yer maydoni ajratildi

12.04.2018, 20:26

O‘zLiDeP ko‘magida “Bo‘ston” MFY ma’muriy binosini qurish uchun 8 sotix yer maydoni ajratildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” dasturi doirasida O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Bo‘ston” MFY Guliston ko‘chasida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

– 171 ta xonadondan iborat Guliston ko‘chasida 210 ta oila istiqomat qiladi, – deydi O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi apparat rahbari Rustamjon Mirazimov. – Shu bois partiya faollari tomonidan hududdagi 52 nafar ishsiz yoshlar va 14 nafar kam ta’minlangan oilalar aniqlanib, ularga o‘z tomorqasida tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida ichki yo‘llarni asfalt qilish, aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash, mahalla guzari tashkil etish, mahalla fuqarolar yig‘ini uchun bino qurish va boshqa ko‘plab muammolar  aniqlandi.

Ta’kidlash kerak, bu kabi amaliy ishlar davomida hudud aholisining murojaatlari asosida “Bo‘ston” MFY ma’muriy binosi qurish uchun 8 sotix yer maydoni ajratildi. Hamkor tashkilotlar ko‘magida 800 metrlik yo‘lda shag‘al yotqizish rejalashtirildi.

Yulduz  YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Илхомжон2018-04-25 07:43:36

Томорка даромад манбаи. Иссикхона миллионлар топиш манбаи. Тугрими дустлар Сизлар нима дейсизлар


Fikringizni qoldiring

+