O‘zLiDeP deputati: ayollar tadbirkorligiga berilayotgan imtiyozlar – xotin-qizlar ijtimoiy mavqeini oshiradi

19.04.2018, 18:53

O‘zLiDeP deputati: ayollar tadbirkorligiga berilayotgan imtiyozlar – xotin-qizlar ijtimoiy mavqeini oshiradi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti”  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekitston xotin-qizlar qo‘mitasi va “Olima ayollar” uyushmasi bilan hamkorlikda “Ayol va jamiyat: taraqqiyotning yangi pog‘onasida” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etdi.

– Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda, – deydi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Dilorom Fayziyeva. – Mazkur imtiyozlar kichik biznesni kreditlash, xorijdan xom ashyo olib kelish, eksport-import operatsiyalarini rivojlantirish, bo‘sh turgan bino-inshooatlarni ijaraga berish tizimini soddalshtirishga xizmat qilayotir. Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratmoqda. Bugungi tadbirda ayollar tadbirkorligiga berilayotgan ana shunday imtiyozlarni xotin-qizlarga tushuntirishga harakat qildik.

O‘zbekiston Davlat jahon tillar universitetida tashkil etilgan anjumanda “Olima” uyushmasi raisi H.Murtazayeva, tarix fanlari doktori, professor E.Xoliqovalar tomonidan ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning siyosiy bilimini kengaytirishga qaratilgan maruzalar ham tinglandi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1750
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умрбек2018-04-20 16:46:36

Yuqoridagi fikr va mulohazalarga qo'shilaman. Bunday tadbirlarni har bir hududda va doimiy ravishda o'tkazib borish maqsadga muvofiq deb bilaman. QR Xalq deputatlari Beruniy tumani kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi bilan ishlash bo‘yicha ijrochi kotib Umrbek Jabbarov!


Навоий вилояти, Учқудуқ тумани, Аёллар бўйича раис ўринбосари Б.Отипова2018-04-20 13:22:51

"Аёллар қаноти" томонидан ўтказилган ушбу тадбир жамиятимизда аёлларнинг фаол бўлишида муҳим аҳамиятга эга. Тадбирга иштирок этган аёллар анжуманда ўзлари учун керакли бўлган билим ва кўникмаларга эга бўлганлиги аниқ. Ўйлайманки шундай тадбирларни кўпроқ ташкил этилиши аёлларнинг жамиятдаги ўрни ва мавқеини оширишда муҳим аҳамият касб этади.


Қобулова Дурдона Отабаевна 2018-04-19 19:45:41

Ўтказилаётган бундай тадбирлар келажакда ўз самарасини беради албатта, Ёш изланувчан қизларнинг инновацион лойиҳаларини партиямиз ва тадбиркорларимиз қўллаб- қувватлаб, шу лойиҳаларни ҳаётда синаб кўришларига амалий ёрда м берадилар деб ўйлайман.


Fikringizni qoldiring

+