O‘zLiDeP 2 nafar xo‘jaylilik xotin-qizga xususiy kasalxonalarda davolanish uchun bepul yo‘llanma berdi

20.04.2018, 19:02

O‘zLiDeP 2 nafar xo‘jaylilik xotin-qizga xususiy kasalxonalarda davolanish uchun bepul yo‘llanma berdi

O‘zLiDeP Xo‘jayli tuman kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan tumandagi “Qoraqalpog‘iston” QVPda “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Xotin-qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish omillari” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

–Tibbiy muassasamiz 9 ming 110 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi, – deydi “Qoraqalpog‘iston” QVP boshqaruvchisi J.Bauatdinova. – Muassasamizda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bugungi tadbir davomida ham asosan homilador va nuroniy ayollarning 31 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 15 nafar ayolga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Shuningdek, O‘zLiDeP va homiylar ko‘magida kam ta’minlangan 2 nafar xotin-qizga xususiy kasalxonalarga davolanish uchun bepul yo‘llanmalar  berildi.

Tadbirda xotin-qizlar, ayniqsa, mahalla ayollarining tibbiyot sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ularning tibbiy madaniyatni yanada yuksaltirish, “sog‘lom tanda sog‘ aql” shioriga amal qilish, o‘z vaqtida tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tib turish lozimligi ta’kidlandi.

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1411
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мелибева Маъмура Толиповна2018-04-23 15:09:09

Республикамизнинг барча худудларида утказилаётган “Соғлом оила – мустаҳкам оила” лойиҳаси доирасида ўтказилаётган тадбирларда ҳотин-қизларимизнинг сиёсий саводхонли ошиб бормоқда


Сиддиқова Гулнора2018-04-23 11:24:57

O‘zLiDeP Хўжайли туман кенгаши “Аёллар қаноти” томонидан ўтказилаётган тадбирлар самара бераётганлиги кўриниб турипти. Зеро аёллар соғлиги бу жамият келажаги.


Fikringizni qoldiring

+