Uyimizni ko‘rib kelaylik...

24.04.2018, 15:37

Uyimizni ko‘rib kelaylik...

Shahnoza bundan 14 yil avval Yashnaobod tumanidagi “Behizor” mahallasida yashovchi Eshmatovlar oilasiga kelin bo‘lib tushgan edi. Oradan o‘tgan yillar davomida yosh oila o‘zidan ko‘payib, to‘rtta farzand ko‘rdi.

Nafaqat ularning oila a’zolari ko‘paydi. Bu orada Shahnozaxonning yoniga ikki ovsin tushdi. Shu tariqa 1966 yil Toshkentda yuz bergan zilziladan keyin odamlarga vaqtincha yashab turish uchun berilgan ikki sotixli hovlida yashayotganlar soni 18 nafarga yetdi.

- Bu uylar yog‘ochdan qurilgan bo‘lib, qo‘shnilarning devori bir-biriga ulanib ketgan,-deydi Shahnoza. - Buzib qurishni iloji yo‘q. Agar buzilsa, yonidagi qo‘shnini uyi va hovlisi ochilib, devori ham qulab tushishi hech gap emas. Alohida uy-joy qilib, chiqib ketishga iqtisodiy ahvolimiz to‘g‘ri kelmaydi. 

Oila a’zolarida uy-joy xarid qilishga imkoniyat yo‘qligi bois kichik hovlida uch ovsin 12 nafar bola kun kechirmoqda. Aka-ukalar yaxshi yashash uchun nima qilmoq haqida bosh qotirib, maslahat qilib yurishganda Prezidentimiz tashabbusi bilan arzon uy-joylar qurish boshlandi.

Bunday uylarning birinchi bosqichida yetarlicha mablag‘i bo‘lmagani uchun Eshmatovlar oilasi ro‘yxatdan tushib qoldi. Ularning “Behizor” mahalla fuqarolar yig‘iniga va tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Yorqin Zokirovga qilgan murojaatlari ijobiy yechim topdi.

Ayni vaqtda Shahnozaxon va uning ovsiniga Sergeli tumanida qurilayotgan uy-joylardan ikkita uch xonalisi ajratib berildi. Bu uylar uchun boshlang‘ich mablag‘ni to‘lagan oilalarning quvonchi cheksiz.

- Arzon narxlarda sifatli qurilayotgan uylar biz kabi turar joyga ehtiyojmand yosh oilalar uchun katta imkoniyat bo‘ldi, – deydi Shahnozaxon. – Uylarimizga tezroq ko‘chib o‘tib, toza, ozoda, saramjon-sarishta uyda yashashni juda istaymiz. Nasib bo‘lsa, mustaqillik bayrami arafasida bitar ekan. Bu kunni bolalarim ham juda intiq bo‘lib kutyapti. Har kuni farzandlarim qurilish bo‘layotgan joyga boraylik, uyimizni ko‘rib kelaylik, deb hol jonimga qo‘yishmaydi. Bir necha marta ko‘rib ham keldik.

Ha, bugun oila a’zolarining quvonchi cheksiz. Ayniqsa, bolalar hademay, qurilishi yakunlanadigan yangi, chiroyli, keng va qulay, hovlisida bolalar uchun turli arg‘imchoqlar bo‘lgan uy-joylarga ko‘chib o‘tishni hayajon bilan kutishmoqda.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O‘zLiDeP Сирдарё туман Кенгаши2018-04-25 12:53:46

Инсонлар муаммоларини хал этилишида ўз хиссасини қўшаётган депутатлар тахсинга сазовор. Халқ дардини тинглаб, уларга амалий ёрдам кўрсатадиган депутатлар сони кўпайиб бораверсин.


O'zLiDeP Томди тумани аппарат раҳбари М.Абдазимов2018-04-25 10:39:56

O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи аъзоси Ёрқин Зокировга катта рахмат айтамиз ва миннадорчилик билдирамиз.


Х.Шерматов Дангара ДСЭНМ БПТ 2018-04-25 06:09:38

Хамма депутатлар Ёркин Зокировдай ишласа муаммолар камаяди.


Nasriddinov Shohboz2018-04-24 21:55:08

Xaqimizning oģirini yengil qilish O'zLiDeP deputatlarining balki shu yurtda yashaydigan barcha insinlarning vazifasi deb hisoblayman.


Пазылов Алламберген2018-04-24 18:33:38

Сауап исти хар ким хар куни ислеуи керек...


Shayxontohur_uz2018-04-24 17:52:52

Bizning deputatlarimiz ham shunaqa yaxshi ishlashyapti ayniqsa Rasulov Boburjon akaga ham raxmat !!


Кулдошев Янгибой2018-04-24 17:32:29

Зафаробод туман Маданият булими БПТ раисиман - O`zLiDeP депутатлари томонидан бугунги кунда купгина фукароларнинг огири енгил булмокда халк манфатини уйлаб яшашдек олий шараф йук деп уйлайман мана шундай депутатларимиз сони купайсин!


Raxmatov Alibek2018-04-24 17:16:40

Арзон нархларда сифатли қурилаётган уйлар қурилиши бир хонадонда куп оила бўлиб яшаётган инсонларга орзу хам қилмаган совға бўлмоқда


Нафиса Султонхонова2018-04-24 17:09:22

Президнтимизнинг умри узоқ бўлсин. Призидентимизнинг янги арзон уй-жойлар қуриш бўича олиб бораётган ислоҳатлари халқимизнинг эътирофига сабаб бўлмоқда. Ушбу мақолада ислоҳатнинг нечоғлик аҳамиятли эканлигини билиш мумкин. Юртимизда мана шундай адолатли раҳбарларнинг борлиги қандай яҳши.


Аброр Отабоев2018-04-24 17:06:44

Бундай ташаббуслари натижасида аҳолининг қийнаётган муаммолари ҳал бўлмоқда.


Fikringizni qoldiring

+