Mutasaddilar O‘zLiDeP sayyor qabulida “Xojaniyazov Qudiyar” fermer xo‘jaligiga 1 kilometrlik suv yo‘li qazib berishga va’da berdi
26.04.2018, 18:05
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zLiDeP fraksiyasi bilan hamkorlikda Kegeyli tumanidagi “Jalpaq jap” OFYda sayyor qabul tashkil etdi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan kelib tushgan 20ga yaqin murojaatlar mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan o‘rganilib, ularning salmoqli qismi joyida hal etildi.
– Suvsiz dehqonchilikni qilib bo‘lmaydi, – deydi “Xojaniyazov Qudiyar” fermer xo‘jaligi rahbari Jumamurat Xojaniyazov. – Ochig‘ini aytish kerak, hozirga qadar bizni qiynaydigan eng katta muammo yerni o‘z vaqtida sug‘orish edi. Boisi, shu kungacha yerimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri keladigan suv yo‘li bo‘lmagan. To‘g‘ri, bu masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qildik, lekin natija bo‘lmadi. Mutasaddilarga rahmat, ularning tashabbusi bilan yerimizgacha 1 kilometrlik suv yo‘li qazib beriladigan bo‘ldi.
Uchrashuv davomida kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turuvchi fuqaro Jamila Otegenova va Miyrigul Baltabayevaning gaz plitasi olishda yordam so‘rab qilgan murojaati ham tuman Kasaba uyushmasi homiyligida joyida hal etildi va ularning uyiga gaz plitasi yetkazib berildi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Bildirilgan fikrlar
Ойбек2018-06-22 13:43:46
Саволим шуки качон Коракалпогистонга келади бизни шахарни банклари аник жавоб айтаолмаябди
Сардор Исаев 2018-05-10 19:20:14
Фуқароларнинг муаммоларини ҳал этиш мақсадида Янгиобод туманида ҳам жорий йилнинг 26 май куни сайёр кабул ташкил этиш режалаштирилган.
Рахманова Гульнара 2018-04-28 17:50:14
Сайёр кабул хар бир туманда режа асосида ойига кам деганда бир моротаба утказилса муоммалар камаяди, халкимиз хам туман рахбарлари ва тегишли мутассади корхона рахбарларига уз фикр ва таклифларини етказиб шу жойнинг узида хал килинса рахбарларимизнинг хурмати, халкимизнинг розилиги ошади.
Асем Сиримбетова 2018-04-28 11:22:47
Ҳақиқатдан ҳам аҳолини қийнаб келаётган муаммоларини депутатлик гуруҳлари ва тегишли ташкилотлар орқали ҳал этиш жойларда ўз самарасини бермоқда. Бундай сайёр учрашувларни кўпроқ ташкил этиб борш керак.
Хазраткулов Жалилбек, Самарқанд вилояти, Пастдарғом тумани O'zLiDeP депутатлик гурухи ижрочи котиби2018-04-27 13:33:46
Ҳақиқатдан ҳам сайёр қабуллар шунчаки эмас балки халқнинг бир неча йиллардан буён тўпланиб қолган муаммоларини ҳал этишга қаратилмоғи лозим.
Қизириқ тумани Ижрочи котиби Илхом Жумаев2018-04-27 11:39:02
Ахолини турмуш даражаси яхшиланмоқда бинобарин бундай тадбирларни қўпроқ ташкил этиш керак.
Аброр Отабоев2018-04-26 18:08:53
Сайёр қабуллар ташкил этиш орқали аҳолини қийнаётан муаммоларга тегишли мутасадди ташкилотлар билан биргаликда ечим топилмоқда. Бундай тадбирларни кўпроқ ташкил этиб бориш зарур.