O‘zLiDeP faollari H.Jumanovaning 2 yillik ish haqini undirib berdi

27.04.2018, 17:39

O‘zLiDeP faollari H.Jumanovaning 2 yillik ish haqini undirib berdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan Pop tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida hudud aholisi tomonidan  issiqxona tashkil etish, yer maydoni ajratish, ish haqi va boshqa masalalar bo‘yicha 43 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Masalan, “Xonobod” MFYda yashovchi Xolmuhammad Safarov issiqxona qurish uchun yer maydoni ajratishda yordam so‘radi. Fuqaroning murojaati shu yerning o‘zida hal etilib, unga kam hosil bergani uchun tuman zaxira yer fondiga qaytarilgan maydondan yer ajratib berildi. 

“Qo‘shminor” MFYda yashovchi Habiba Jumanova “Murodjon-Fotima”, “Mohirali-Muhirali” fermer xo‘jaligidan 2016-2017 yillardagi ish xaqini ololmayotganidan shikoyat qildi. Mutasaddilar ko‘magi bilan uning  murojaati ham joyida yechim topdi.

Shu hududda yashovchi Shohsanam Sodiqova nodavlat ta’lim muassasi tashkil etib, aholi mushkulini oson qilishni ko‘ngliga tukkaniga ancha vaqt bo‘ldi. Lekin fuqaro shahar markazidan yer olishda qiynalayotgan edi. Bugungi sayyor qabul esa uning orzusini amalga oshishiga qo‘l keldi. O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari masalani o‘z zimmasiga olib tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali yaqin kunlarda muammoni hal etib berishga va’da berdi.

Ta’kidlash kerak, sayyor qabul davomida 43 murojaatga huquqiy maslahatlar berilib, mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

 Muzaffar TUXTASINOV,

O‘zLiDeP  Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1087
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Отаханов Улуғбек2018-05-02 10:52:42

Муаммоларни хал етишда депутатларни фаоллигини хам оўшриш лозим депутатлар партия қуролиди.Улар хам жонланиш лозим.


Тарраққиёт МФЙ БПТ2018-04-30 09:48:19

Муаммоларнинг жойида ҳал қилиниши фуқароларнинг партияга бўлган ишончини янада оширади.


Fikringizni qoldiring

+