Deputatlar mansabdor shaxs hisobotini eshitishdi

31.10.2017, 16:17

Deputatlar mansabdor shaxs hisobotini eshitishdi

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 maydagi “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Sherzod Qodirovning hisobotini eshitdi.

–  Mazkur dastur asosida joriy yilning 9 oyi davomida tuman bo‘yicha jami 2855 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan edi, – deydi Sh.Qodirov. – Amalda esa jami 2868 ta yangi ish o‘rini yaratildi. Markazga jami 1053 nafar kishi ish so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa, ularning 623 nafarini yoshlar, 346 nafarini esa ayollar tashkil etadi. Murojaat qilgan yoshlarning 509 nafari, xotin-qizlarning esa 282 nafari markaz yo‘llanmasi bilan ishga joylashtirildi. 42 nafar fuqaro ijtimoiy himoyaga olingan bo‘lib, 11 nafariga vaqtinchalik ishsizlik nafaqasi tayinlandi, 25 nafar ishsizlar kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish, malakasini oshirishga yuborilgan bo‘lsa, 17 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Ta’kidlash kerak, tumanda aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida “Yangi ish joylarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash” dasturi ishlab chiqilib, xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ayni chog‘da tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan bu borada tizimli ishlar olib borilayotir.  

Akram Shaxarov,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi 

deputatlik  guruhlari bilan

ishlash sektori mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1653
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Tashanov Yazdon O'zLiDeP Kattaqo'rg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari,apparat rahbari 2018-10-03 09:50:16

Устоз ва мураббийлар куни бу йил ўзгача кўтаринки руҳда ўткарилди.Бунга жойлардаги тадбирлар, суҳбат ва учрашувлар мисол бўла олади.


Абдусатторов Фахриддин - O‘zLiDeP Сирдарё вилояти Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари - аппарат раҳбари2018-10-02 10:39:55

Барча устозларимиз олдида таъзимдамиз. Энг аввало ота-онамиз, бошланғич синф, фан ўқитувчиларимиз, синф раҳбарларимиз, олийгоҳда таълим тарбия берган педагоглар, турли соҳалардаги меҳнат фаолиятимизда тўғри йўл кўрсатиб устозлик қилган барча ўқитувчи ва мураббийларни доимо эъзозлаш бурчимиз. Шунинг учун вилоятдаги партия фаоллари ва депутатларимиз 30 сентябрь ва 1 октябрь кунлари ўз устозларини байрам билан табриклаб иш жойларига ва хонадонларига ташриф буюрдилар.


Абдусатторов Фахриддин - O‘zLiDeP Сирдарё вилояти Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари - аппарат раҳбари2018-10-02 10:36:43

Барча устозларимиз олдида таъзимдамиз. Энг аввало ота-онамиз, бошланғич синф, фан ўқитувчиларимиз, синф раҳбарларимиз, олийгоҳда таълим тарбия берган педагоглар, турли соҳалардаги меҳнат фаолиятимизда тўғри йўл кўрсатиб устозлик қилган барча ўқитувчи ва мураббийларни домо эъзозлаш бурчимиз. Шунинг учун вилоятдаги партия фаоллари ва депутатларимиз 30 сентябрь ва 1 октябрь кунлари ўз устозларини байрам билан табриклаб иш жойларига ва хонадонларига ташриф буюрдилар.


Fikringizni qoldiring

+