O‘zLiDeP ko‘magida Olimjon Vohidovga “nol” qiymatda bino ajratildi

04.05.2018, 18:17

O‘zLiDeP ko‘magida Olimjon Vohidovga  “nol” qiymatda bino ajratildi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Baliqchi tuman hokimligida sayyor qabul tashkil etdi. Unda “Markaz”, “Bo‘ston”, “Avesto”, “Turkiston” mahallasi ahli tomonidan kelib tushgan 20ga yaqin muammolar o‘rganildi.

 “Avesto” mahallasida yashovchi Mavluda Xolbo‘tayeva ham ko‘pdan beri o‘zini qiynayotgan muammoga mutasaddilar ko‘magida javob topganidan xursand.

– Ochig‘ini aytaman, turmush sharoitimiz og‘ir, – deydi u. – Ijara uyda yashaymiz. Ishga joylashtirishni so‘rab bir necha joyga murojaat qildik, ammo natija bo‘lmadi. Shu sabab ijara haqini ham o‘z vaqtida to‘lolmayapmiz. Bugungi sayyor qabuldagi murojaatimdan so‘ng O‘zLiDeP faoli tumanimizdagi “Zebo tongi” fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan to‘lanmagan ijara to‘lovlarimning to‘lab berdi.

“Turkiston” mahallasida yashovchi Dilmurod Matmurodov oilasi ham sayyor qabulda muammosiga yechim topdi. Xonadon a’zolarining moddiy ta’minoti yetarli emas, ishsizlik ularga ham soya solayotgan edi. Buning ustiga jajji qizchasi xastalikka chalingan, davolatishga esa imkoni yo‘q edi.

Sayyor qabul davomida fuqaro mutasaddilardan ish so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati deputat M.Yaqubova tomonidan e’tiborga olinib, muammo joyida hal qilindi. Oila sohiblari jamoatchilik asosida ishga joylashtirildi, farzandiga esa Andijon tibbiyot instituti klinikasiga bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Tadbirkor Olimjon Vohidov “Markaz” mahallasida yashaydi. U trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan faoliyatini kengaytirish uchun tumanda bo‘sh turgan binolardan birini “nol” qiymatda olishda ko‘mak so‘radi. Uning murojaati ham joyida ko‘rib chiqilib, tuman hokimligi mutasaddisi tomonidan mahalladagi foydalanilmay turgan bino investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” qiymatda beriladigan bo‘ldi.  

Shuningdek, sayyor qabul davomida aholi vakillarinng tomorqachilik va hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olishda ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyati uchun biznes-loyiha tayyorlash singari masalalariga mutaxassislar tomonidan ijobiy javoblar qaytarildi.

Oqibatxon JAKBAROVA,

O‘zLiDeP Baliqchi tuman

Kengashi raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1201
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Диёр Умиров, Самарқанд вилояти Пастдарғом тумани O'zLiDeP депутати2018-05-08 14:19:42

Бундай сайёр қабулларнинг ўтказилиши халқнинг бир неча йиллик ечилмаган муаммоларини ечишга катта туртки бўлади.


Baxtiyor Qo'ldoshev2018-05-08 09:39:49

Депутатлар фаол бўлса, партия имиджига ижобий таъсир қилади!


Ангор туман Кенгаши депутати М.Ярматов2018-05-07 12:04:57

ЎзЛиДеП депутатлари хамиша тадбиркорларни қўллаб қувватлаши зарур. Бунақанги тадбиркорларни доимо қўллаб қувватлашга тайёрмиз.


Акбар Алламов2018-05-07 10:59:26

Олимжон Воҳидовга ухшаган тадбиркорларни қуллаб шахар-туманларда бўш турган биноларни ҳалқ учун хизмат қилишга юналтириш керак.


Ш. Хўжаназаров O`zLiDeP Шеробод туман Кенгаши аппарат рахбари 2018-05-07 10:35:55

O’zLiDeP ташабуси билан жойларда сайёр қабуллар уюштирилиб аҳоли вакиллариннг томорқачилик, ҳунармандчилик, ўз бизнесини йўлга қўйиш учун имтиёзли кредит олишда кўмаклашиш, тадбиркорлик фаолияти учун бизнес-лойиҳа тайёрлаш сингари масалаларига амалий ёрдамлар кўрсатилмоқда.


Олтинсой туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-05 11:15:58

хар бир депутат ўзи сайланган сайлов Округида мутассади ташкилотлар билан хамкорликда сайёр кабулларни мунтазам ташкил этишни режалаштириб олинса купрок натижаларга эришилади


Акбар Алламов O'zLiDeP Сурхондарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими этакчи консултанти2018-05-05 11:10:57

O‘zLiDeP ташаббуси билан ўтказилаётган сайёр қабуллар фукароларимизни муаммоларини хал этишда ижобий натижа кўрсатмоқда


Акбар Алламов O'zLiDeP Сурхондарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими этакчи консултанти2018-05-05 11:10:54

O‘zLiDeP ташаббуси билан ўтказилаётган сайёр қабуллар фукароларимизни муаммоларини хал этишда ижобий натижа кўрсатмоқда


БПТ раиси-Миржонова Ш.2018-05-04 22:30:09

Бизнинг туманимизда ҳам ушбу масала бўйича депутатлар томонидан барча коммунал хизмати рахбарлари, ИИБ, тадбирлар ўтказиб келмокда. Сайёр кабулларга фукароларнинг айникса уюшмаган ёшлар, хотин-кизлар муамоллар ўз жойга хал этилмоқда.


Янгиобод туман Кенгаши қошидаги туман ҳокимлиги БПТ2018-05-04 20:05:00

Партия томонидан ўтказилаётган сайёр қабулларда депутатлар ролини янада ошириш лозим.


Fikringizni qoldiring

+