O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” yangi – “Farovon oila” loyihasini taqdimot qildi

14.05.2018, 18:50

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” yangi – “Farovon oila” loyihasini taqdimot qildi

O‘zLiDeP xotin-qizlarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi mavqeini oshirish, ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida ko‘plab loyihalarni hayotga tatbiq etgan. Jumladan, “Sog‘lom oila – mustahkam oila”, “Bunyodkor ayollar”, “Ishbilarmon ayol” loyihalari fikrimizga yaqqol dalildir. Mazkur loyihalar xotin-qizlarni ishga joylashtirish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish va qizlarni oilaga tayyorlashga xizmat qilayotir. 

Endilikda partiya xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ular  o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularni tadbirkorlikka va hunarmandchilikka keng jalb etishga mo‘ljallangan yangi loyihani amalga oshirish ostonasida turibdi. Bu haqida “15 may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ma’lum qilindi.  

Yangi loyiha taqdimotida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimlari, partiya fraksiyasi a’zolari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, partiya Toshkent shahar Kengashi faollari “Oila” ilmiy-amaliy markazi, O‘zNNTMA, “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.

 “Ayollar qanoti”ning yangi – “Farovon oila” loyihasi Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila institutini mustahkamlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan hamda imkoniyati cheklangan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish kabi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha davlat va nodavlat organlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.  

Loyiha doirasida hamkor tashkilotlar – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda milliy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib boriladi. Jumladan, erta nikoh va oilaviy ajrimlarni oldini olish hamda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va suitsidlar profilaktikasiga, ularning huquqiy madaniyatini oshirishga va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturi belgilab olingan. Bundan tashqari, ayollarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini o‘rganib, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilish yuzasidan takliflar berish, notinch va muammoli oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish va oilaviy munosabatlarni yaxshilash kabi vazifalar O‘zLiDeP yangi loyihasining ustuvor vazifasidir.

Loyiha taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonidan kelib chiqib, “Faravon oila” loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar berildi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1338
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира2018-05-18 08:53:43

Кармана туман кенгаши депутати Президентимизнинг “Хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш ва оила институтини мустаҳкамлаш соҳасидаги фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони ижросини таъминлаш мақсадида “Фаровон оила” лойиҳаси оилаларда соғлом муҳитни яратиш, ўзаро меҳр-оқибат ва ҳамжиҳатлик асосида оилавий муносабатларни мустаҳкамлаш масаласиянад ижобий ҳал этилишига кўмак беради.


Ш.Жуллыбаева O‘zLiDeP Тахиатош тумани партия фаоли 2018-05-16 10:58:09

“Аёллар қаноти”нинг янги – “Фаровон оила” лойиҳаси Хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш ва оилаларни мустаҳкамлашлашда албатта уз самарасини беради.Ушбу лойиха натижасида бир канча оилаларнинг мустахкамланишига олиб келади.


Муқаддас БЕКНАЗАРОВА – Халқ депутатлари Амударё туман Кенгаши 10-Тошёп сайлов округи депутати, Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати O`zLiDeP Амударё туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари.2018-05-15 20:22:22

"Фаровон оила" лойиҳаси ҳақиқатан ҳам тўғри йўналишда олиб борилса самарали натижа беради деб ўйлайман, айниқса хотин-қизлар орасида жиноятчиликнинг олдини олиш, уларнинг бандлигини таъминлаш, уларни ҳаётда ўз ўрнини топишга ёрдам бериш орқали уларни ҳаётга қайтариш - бу савобли иш. Бу салбий ҳолатларнинг олдини олиш бўйича ҳар бир оилада янги турмуш қурган келинчакларимизниям назардан чеккада қолдирмаслигимиз лозим, сабаби келажакдаги "фаровон оила"ларимиз мана шу қизларимиздир.


Жаббаров Умрбек Ражапбаевич ЎзЛиДеП Беруний тумани Кенгаши ижрочи котиби2018-05-15 18:25:43

Бундай лойиҳаларни ташкил қилишда бир-биримизга кўмакдош бўлишимиз зарур


Дилноза Султанбековна 2018-05-15 17:36:57

Лойихани амалга оширишда албатта ахиллик кк. Чунки, хамкор ташкилотларнинг худудий булимлари хам лойихани таргиботини утказишда бизга, туманидаги Кенгашларимизга кумак беришлари кк. Лойихада кузда тутилган ИИБ билан хамкорлик масаласи жуда хам долзарб. Муаммони олдин олган афзал.


Гулматова Мухаррам Мархамат туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-15 16:58:04

OzLiDeP "Аёллар қаноти"нинг янги илк "Фаровон оила" лойихаси биз аёлларни қўллаб қувватлаш хамда оилаларимизни янада мустахкамлашга яна бир янгилик бўлди десам муболаға бўлмайди. Сиёсий Кенгаши Аёллар қанотининг олиб бораётган ишларига куч кувват тилайман. Хеч хам чарчаманглар


Сарвиноз Маматова O`zLiDeP Хатирчи туман бўлими2018-05-15 16:28:08

“Аёллар қаноти”нинг янги – “Фаровон оила” лойиҳаси Хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш ва оилаларни мустаҳкамлаш соҳасидаги яна бир янгиликдир, шунингдек, жамиятда хотин-қизларнинг ижтимоий-сиёсий фаоллигини ошириш, оила институтини мустаҳкамлашда давлат ва нодавлат ташкилотларининг ҳамкорлигини янада кучайтиради


Алия Ражапова, Элликкалъа тумани депутати2018-05-15 16:25:15

"Аёллар қаноти"нинг бу лойихаси билан танишиб жуда хурсанд бўлдим. Сабаби огир ижтимоий жароитга тушиб қолган аёлларимизга ёрдам берсак, биз партиямизнинг обрусини оширибгина қомасдан, савоб ишга кўл урган бўламиз.


Булгакова Стелла Чиланзарский районный кенгаш 2018-05-15 15:47:46

Приветствуем новый проект «Фаровон оила» , который поможет нуждающимся в помощи и оказавшимся в сложных социальных условиях, с ограниченными возможностями, адресно оказать содействие женщинам в предоставлении им социально-правовой, психологической помощи.


Каримов Бахтияр2018-05-15 15:05:14

Хотин-қизларни қўллаб-қувватлашга доир давлат сиёсатининг самарали амалга оширилишини таъминлаш, уларнинг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш борасида амалга оширилаётган лойихалар этиборга молик


Fikringizni qoldiring

+