Hokim o‘rinbosari Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi sessiyasida hisobot beradi

28.05.2018, 17:35

Hokim o‘rinbosari Xalq deputatlari  Chortoq tuman Kengashi sessiyasida hisobot beradi

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik  guruhining navbatdagi  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Odil Mirzakbarovning hisoboti  eshitildi.  

– Ayni chog‘da tumanimizda 1341ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tib  faoliyat yuritmoqda, – deydi O.Mirzakbarov. – 2018 yilda xizmat ko‘rsatish va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha jami 54ta investitsion loyiha kiritilgan bo‘lib, bu orqali 935ta ishchi o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda 2018 yilda tumanda savdo va maishiy xizmat shahobchalari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonalari, sartaroshxona va savdo do‘koni, sport sog‘lomlashtirish markazi va sun’iy qoplamali futbol maydonlari tashkil etish kabi 60 ga yaqin loyiha ijrosi tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar hisobotni Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi sessiyasida muhokama etishni taklif etdi.

Yulduz YULDASHEVA,

 O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1148
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олтибоев Ўрол,Сурхондарё. партиянинг Мафкуравий,ташвиқот-тарғибот ишлари бўйича бўлим мудири2018-05-29 10:28:07

Раҳбарлар қанчалик масъулиятли бўлса,бундан жамият наф кўради.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-29 09:10:27

Эшитув натижасида раҳбарларнинг ишга бўлган масъулиятлари кундан кун ошмоқда.


Fikringizni qoldiring

+