Andijonlik deputatlarimiz mansabdorlarning hisobotidan qoniqmadi

30.05.2018, 16:30

Andijonlik deputatlarimiz  mansabdorlarning hisobotidan qoniqmadi

Hozirgi kunda Andijon shahrida 8 ta oilaviy poliklinika faoliyat yuritmoqda. Me’yoriy hujjatlar bo‘yicha oilaviy poliklinikalar tashkil etilishi normativida 1 ta oilaviy poliklinika 30 ming aholiga xizmat ko‘rsatishi belgilangan.

Biroq Andijon shahridagi poliklinikalar o‘rtacha 53 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa tabiiyki, aholiga bir qator qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Aholi duch kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun esa Andijon shahrida yana 2 ta oilaviy poliklinika tashkil etilishi lozim.  

Ayni masalani hal etish Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zLiDeP guruhi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Ammo shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i deputatlik yig‘ilishiga kelmadi. Uning o‘rniga o‘rinbosari Nilufar Tojiboyeva ishtirok etdi va hisobot berdi.  

N.Tojiboyeva deputatlarning savollariga batafsil javob bera olmadi. Shuningdek, ular tomonidan tibbiyot sohasi bo‘yicha shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilgan deputatlik so‘rovlar javobsiz qolayotgani, shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi oilaviy poliklinikalardagi e’tiborsizlik va mas’uliyatsizliklar oqibatida chaqaloqlar o‘limi ortib borayotgani xususida achchiq, ammo o‘rinli e’tirozlar bildirilidi.

Yig‘ilishda tibbiyot birlashmasi boshlig‘idan tashqari shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar,  xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisoboti ham tinglanishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq hokim o‘rinbosari ham yig‘ilishga kelmadi. Yig‘ilishda kun tartibidagi qolgan masalalar yuzasidan ham mansabdor shaxslarning o‘rniga kelgan mutaxassislarga so‘z berildi. Ammo rahbarlik vakolati bo‘lmagan mas’ullarning axborotlari deputatlarni qoniqtirmadi.

 Risolatxon NIYAZOVA,

Xalq deputatlari Andijon viloyat

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik

guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Азиз Пирназаров O'zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгашининг Бизнес тузилмалар ва фермерлар билан ишлаш бўлими мудири2018-05-30 17:47:18

Президентимиз таъбири билан айтганда бунақа оёғи ердан узилган мансабдор шахсларга нисбатан Партиямизнинг газетаси ҳамда телевидение орқали асослантирилган ҳолатдаги танқидий-таҳлилий материаллар орқали мурожаат қилиш керак. Депутатлар таклифига кўра эшитувга келмаган мансабдорлар тўғрисида Халқ депутатлари вилоят Кенгашига маълумот сифатида ҳамда депутатлик гурухининг хулосасини хам юбориш керак. Албатта масъулларнинг ўз ишига масъулиятсизлиги нуқтаи назаридан.


Қува туман Кенгаши Улуғбек ММТП БПТ раиси, депутат С.Турғунов2018-05-30 17:36:30

Ҳар бир мансабдор шахс ўз ишига ўзи жавоб берса маъсулиятни ҳис этса бундай хурматсизликка йўл қўйилмайди


Қува тумани Кенгшаи раис ўринбосари-аппарат рахбари З.Рахмонова2018-05-30 17:34:11

Мансабдор шахсларни депутатлар олдида ҳисобот бермаслиги бу халққа депутатга беписандлик.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-30 16:37:39

Депутатлар томонидан юборилган сўровлар жавобсиз колдирган мансабдор шахсларга тегишли тартибда чоралар кўрилса мақсадга мувофиқ бўларди


Fikringizni qoldiring

+