O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” Bobur Bo‘ranovga nogironlik aravachasi topshirdi

18.06.2018, 17:52

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” Bobur Bo‘ranovga  nogironlik aravachasi topshirdi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” faollari Yakkasaroy tumani “Bobur” mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi Bobur Bo‘ranovga nogironlik aravachasini sovg‘a qildi.

– Boburjonning imkoniyati cheklangani sababli jismonan sog‘lom kishilar kabi harakatlana olmaydi, – deydi uning onasi Iqboloy Bo‘ronova. – Oila a’zolarimiz bilan unga qo‘limizdan kelgancha g‘amxo‘rlik qilyapmiz. Ammo yangi nogironlik aravachasini sotib olishga moddiy imkoniyatimiz yetmagandi. Hayit bayrami arafasida O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan nogironlik aravachasi sovg‘a qilindi, buning uchun ularga rahmat aytamiz.

Ta’kidlash kerak, partiyaning “Ayollar qanoti” uzoq yillardan buyon nogironlari bor oilalarga ko‘maklashib kelmoqda. Bu esa imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizning ko‘nglini ko‘tarib, hayotga bo‘lgan qiziqishini oshirayotir.

Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1572
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

А.Диллаева O`zLiDeP Шеробод туман Кенгаши фаоли.2018-06-19 16:18:13

Имконияти чеклангани фуқароларга ёрдам қўлини очиш керак. Бу эса имконияти чекланган юртдошларимизнинг кўнглини кўтариб, ҳаётга бўлган қизиқишини оширади. "Аёллар қаноти" томонидан ташкил этилган ҳайрия тадбири ҳар бир либерал партия аъзоларини ҳайрли ишга чорлайди деб умид қиламан.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-06-18 18:04:21

Имконияти чеклангани фуқароларга ёрдам қўлини очиш керак. Бу эса имконияти чекланган юртдошларимизнинг кўнглини кўтариб, ҳаётга бўлган қизиқишини оширади.


М.Ахмадалиева Қува тумани Кенгаши "аёллар масалалари бўйича" раис ўринбосари, Туман Кенгаши депутати 2018-06-18 18:02:36

Вайрон кўнгилларни шод этиш ҳайрли ишлардандир Тошкент шаҳар кенгаши "Аёллар қаноти" томонидан ташкил этилган ҳайрия тадбири ҳар бир либерал партия аъзоларини ҳайрли ишга чорлайди деб умид қиламан.


Fikringizni qoldiring

+