BPT a’zolarining huquqiy savodxonligi oshmoqda

03.10.2017, 18:24

BPT a’zolarining huquqiy savodxonligi oshmoqda

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar targ‘iboti bo‘yicha qator islohotlar olib borilmoqda. Bu haqida Oltinko‘l tumanidagi “Yagona darcha” markazi qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida bo‘lib o‘tgan “Makro iqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish” mavzusida davra suhbatida ham takrorlab o‘tildi.

– Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bo‘yicha jami 13 339 loyiha amalga oshirildi va 2,1 trillion so‘m kredit o‘zlashtirildi, – deydi tuman “Yagona darcha” markazi mutaxassisi Lazizbek Artiqov. – Bularning barchasi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Prezidentimizning  “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyos. Chunki, amaldagi valyutani tartibga solish tizimi valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Davra suhbati davomida quyi bo‘g‘in a’zolari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1361
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+