Deputat so‘rovidan keyin M.Xanjarovga eshitish moslamasi olib berildi

21.06.2018, 12:01

Deputat so‘rovidan keyin M.Xanjarovga  eshitish moslamasi olib berildi

Meliqul Xanjarov Surxondaryo viloyatining “Xayrandara” mahallasida istiqomat qiladi. Ko‘p yillardan beri ishsiz. Ijtimoiy himoyaga muhtoj. Qolaversa, anchadan buyon qulog‘i eshitmaydi, og‘ir xastalikka chalingan. Davolanish uchun esa katta mablag‘ kerak.

Shu bois fuqaro O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan mazkur hududda tashkil etilgan sayyor qabulda mutasaddilarga eshitish moslamasi olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Uning murojati Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Ahmad Nazirov tomonidan nazoratga olingan edi.  

Xalqning ishonchli vakili shu masala yuzasidan Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yubordi. Deputatning sa’y-harakati bilan  muammo ijobiy hal etildi. Kuni kecha tuman tibbiyot birlashmasi, partiya  Oltinsoy tuman Kengashi mutasaddilari M.Xanjarov xonadonida bo‘lib, unga eshitish moslamasini topshirishdi.

–Ko‘p yillardan buyon qulog‘im yaxshi eshitmaydi, – deydi u. – Shu masalada tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan edim. Lekin natija bo‘lmadi. Oxir-oqibat O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan mahallamizda tashkil etilgan sayyor qabulda tashkilotchilardan amaliy yordam so‘radim. Mana, partiya tashabbusi bilan menga eshitish moslamasi berishdi. Hozirda eshitish qobiliyatim yaxshilandi. Buning uchun partiya xodimlariga minnatdorchilik bildiraman.

Murod EShNAZAROV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1181
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Алламов O'zLiDeP Сурхондарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими этакчи консултанти2018-06-22 15:45:03

Депутатларимиз томонидан бу каби хайрли ишларнинг амалга оширилаётгани, бу албатта муаммоларнинг ижобий ечимидир.


Шовот туман Кенгаши ходими2018-06-22 14:42:43

Бугунги кунда хеч бир масала депутат эътиборидан четда қолмайди.


O‘zLiDeP Миришкор туман Кенгаши партия фаоли Бобомуродов Дилшод2018-06-21 16:42:39

Ҳар бир тадбиркор ёки депутат бўлишидан қатий назар одамларга қилган ёрдамининг катта кичиги бўлмайди ота боболаримиз айтганларидек яхшиликни ҳар ким қилиши керак яхшиликни ҳар кун қилиш керак


Jo'rabek Aslonov, Navoiy viloyati2018-06-21 12:03:45

Ayrim maqolalarni o'qib, hayron bo'ladi kishi. Nahotki shu eshitish moslamasini olib berish uchun ham deputat aralashishi kerak bo'lsa? O'ylaymanki, barchamiz o'z ishimizga jiddiy, sidqidildan yondashsak, ortiqcha ovorogarchiliklarsiz bunday muammolar o'z yechimini topadi.


Fikringizni qoldiring

+