Loyihalar kichik sanoat zonalari hududida amalga oshiriladi

21.06.2018, 16:19

Loyihalar kichik sanoat zonalari hududida amalga oshiriladi

Davlatimiz rahbarining “Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Qarorda mahalliy ishlab chiqariladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining sifatini yaxshilash hamda ularning turlarini kengaytirish, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini ta’minlaydigan kuchli ilmiy hamda metodologik bazani yaratish, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasida ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishning xalqaro standartlarini keng joriy etishga doir qator dolzarb vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, qarorda mahalliy ishlab chiqariladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari turlarini kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash masalalarini o‘rganish, sohaga doir loyihalarning erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.  Qolaversa, kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy korxonalarni, chet el investitsiyalarini, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat jamg‘armalari va tashkilotlarining grantlari, kreditlari hamda maqsadli mablag‘lari jalb qilinadi.

O‘zLiDePning fikricha, mazkur qaror tibbiyot sifatini davlat va xususiy hamkorlik tamoyillari asosida tubdan yaxshilashga, xususiy tibbiyotni sifatli tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, sog‘liqni saqlash sohasida yanada samarali va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qiladi. Binobarin, partiya inson salomatligi, hozirgi davr tibbiyotining yangi yutuqlariga tayangan holda dunyoda ilg‘or o‘rinlarga intilayotgan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash rivoji va xususiy kapitalni jalb qilgan holda aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, umr uzoqligini ta’minlashni muhim deb hisoblaydi.

Sharofiddin Ro‘zmetov

Xalq deputatlari Mirobod

tuman Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik

guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ю.Юсупов ЎзЛиДеП Ҳазорасп туман Кенгаши раиси2018-06-26 18:44:41

O‘zLiDePнинг фикрича, мазкур қарор тиббиёт сифатини давлат ва хусусий ҳамкорлик тамойиллари асосида тубдан яхшилашга, хусусий тиббиётни сифатли тиббий хизматларга бўлган эҳтиёжни қондириш, соғлиқни сақлаш соҳасида янада самарали ва замонавий технологиялар ва инновацияларни жорий этишга хизмат қилади. Давлатимиз раҳбарининг “Протез-ортопедия буюмлари ва реабилитация техник воситаларини ишлаб чиқаришни ривожлантириш ҳамда тиббий-ижтимоий муассасаларнинг моддий-техника базасини янада кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида” қарори қабул қилганлари жуда қувонарли.


Наргиза Бердыбаева2018-06-25 15:28:26

Особое внимание со стороны главы государства системе организации медико-социальной помощи одиноким престарелым, пенсионерам, лицам с инвалидностью и детям с ограниченными возможностями очень радует. Такое бережное и трепетное отношение к уязвимым слоям населения присуще только людям с большим сердцем и чистой душой.


Чилонзор туман Кенгаши Сухова Светлана2018-06-25 09:55:15

Очень радует политика Президента о проведении мер по дальнейшему усилению развития производства протезно-ортопедических изделий и реабилитационных технических средств, а также материально-технической базы медико-социальных учреждений.


Сергели тумани фаоли Ёрматов Аброр2018-06-21 17:15:41

Давлатимиз раҳбарининг “Протез-ортопедия буюмлари ва реабилитация техник воситаларини ишлаб чиқаришни ривожлантириш ҳамда тиббий-ижтимоий муассасаларнинг моддий-техника базасини янада кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида” қарори қабул қилганлари жуда қувонарли. Юртимизда инсон саломатлиги учун керак бўладиган техник воситалар ўзимизни юртимизда ишлаб чиқилса инсонлар учун қулайлик тўғдиради деб ҳисоблайман.


Fikringizni qoldiring

+