Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

24.06.2018, 12:29

Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi, Andijon shahar Kengashi va Asaka tuman Kengashlaridagi deputatlik guruhlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari, Asaka tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda qator mutasaddi tashkilotlar mansabdor shaxslari xalq noiblariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini kichik biznes va xususiy sub’ektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosi yuzasidan hududlarda qilinayotgan ishlar xususida hisobot berdilar.

Mazkur me’yoriy hujjatlar asosida birgina Andijon shahrida 2 ta kichik sanoat zonalari tashkil qilingan, - deydi Andijon shahar hokimi o‘rinbosari Yusufbek Ibragimov. - Jumladan, sobiq “Elektrodvigatel” OAJ negizidagi 6 gektar maydonda ishlab chiqarish va servis xizmatlari uchun tashkil etilgan kichik sanoat zonasida 24 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda 2017 yilda umumiy qiymati 9,2 milliard so‘mlik 20 ta loyiha ishga tushirilib, 319 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Joriy yilda esa qiymati 5,9 milliard so‘mni tashkil qiluvchi yana 4 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi o‘rinbosari hisoboti tinglangach, deputatlar tomonidan kichik sanoat zonasining zarur kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmaganligi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlamaganligi sababli qator muammolarni keltirib chiqarayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi.

Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida partiya deputatlik guruhining qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1427
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Муяссархон Умурзақова Андижон вилоят Кенгаши мафкуравий ташвиқот тарғибот бўлими мудири2018-06-25 08:39:59

Танқидий-таҳлилий руҳда ўтган мазкур депутатлик йиғилиши якунида тегишли қарорлар қабул қилиниб, мавжуд айтиб ўтилган камчиликлар вилоят сессиясига киритилиши белгиланди.


Fikringizni qoldiring

+