O‘zLiDeP deputati nukuslik qizga ko‘zini davolatish uchun yo‘llanma olib berdi

11.07.2018, 17:56

O‘zLiDeP deputati nukuslik qizga ko‘zini davolatish uchun yo‘llanma olib berdi

Joriy yilning iyun oyida O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi shahardagi 22-son “Jolshыlar” MFYda sayyor qabul tashkil etgan edi.

Uchrashuv davomida fuqarolardan turli masalalar bo‘yicha qator murojatlar kelib tushgan edi. Xususan, shu hududda yashovchi Zamira Qurbaniyazova tug‘ma nogironligi bor 10 yashar qizining bitta ko‘zi ko‘rmay qolganini aytib, uni operatsiya qilish uchun Toshkent shahridagi ko‘z shifoxonaga yo‘llanma olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgandi.

Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Odilbek Quramboyev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori Ya.Saliyevga deputatlik so‘rovi yuborildi. Xalq noibining sa’y-harakati bilan Z.Qurbaniyazovaning qizi Kamila Ibadullayevaga poytaxtimizdagi Pediatriya meditsina instituti ko‘z kasalliklari bo‘limiga yo‘llanma berildi.

– Bu masalada murojaat qilmagan joyimiz qolmagandi, – deydi Kamila Ibadullayevaning otasi Bao‘ыrjan Shalmuxanov. – Lekin hozirga qadar natija bo‘lmadi. Shu bois mazkur masalada o‘zimiz saylagan deputatdan ko‘mak so‘radik. Deputatga rahmat, uning tashabbusi bilan bir yildan buyon hal bo‘lmay turgan muammoyimiz bir oyga ham bormay hal bo‘ldi. Endi 17 iyul kuni Toshkentga qizimizni davolatishga olib boramiz. Shifoxona bilan telefonda gaplashib, kerakli ma’lumotlarni oldik.

Ta’kidlash kerak, partiya tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan bunday sayyor qabullardan aholi xursand. Chunki qabullar davomida hech bir muammo tashkilotchilar e’tiboridan chetda qolmayapti.

A.JAILGANOV,

O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi

apparat rahbari v.b.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1068
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бекназаров Қутлибай Нийетбаевич (ЎзЛиДеП Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши ходими)2018-07-12 18:11:47

Халқ депутатлари Нукус шаҳар Кенгашидаги ЎзЛиДеП депутатлик гуруҳи аъзоси О.Қуранбаевнинг депутатлик масъулияти, ўз ишига ва сайловчиларга бўлган меҳри кундан кунга очиб бормоқда. Халқ вакили этиб сайлангандан сўнг, халқнинг орасида юриш керак. Фаол депутатларимиз сафи кенгайиб, О.Қуранбаевга ўхшаган депутатлар эътибордан четда қолмасин. О.Қуранбаев "Меҳнаткаш депутат" унвонига лойиқ инсон.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-12 16:36:43

Депутатларимизнинг фаоллиги, муоммаларнинг тезда хол килиниши халкимизнинг партияга деган ишончини мустахкамласа, партиямизнинг жамиятдаги обрусини янада оширади


Fikringizni qoldiring

+