Deputat ko‘magida 3843 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

11.07.2018, 18:39

Deputat ko‘magida 3843 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Chortoq tumanidagi “Muchum” mahalla aholisi ko‘p  yillardan buyon ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekadi. Shu vaqtga qadar hudud ahli  uzoq masofadan suv tashib kelardi, lekin suv tanqis bo‘lgan chog‘larda  ariqdan oqayotgan suvni iste’mol qilishga majbur bo‘lardi.

Shu bois hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar bu masala bo‘yicha  Xalq deputatlari  tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi  Nosirjon Shokirovga murojaat qildi.

 – Ko‘p yillardan buyon ichimlik suvi muammosidan aziyat chekamiz, – deydi shu hududda yashovchi Po‘latxon Jalalov. – Ochig‘i, bu masalada murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Lekin hech bir tashkilot muammomizni ijobiy hal etib bermadi. Oxir-oqibat mazkur masalada xalq noibiga murojaat qildik. Deputat muammoni atroflicha o‘rgandi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida murojaatimizni ijobiy hal etib berdi.  

Ta’kidlash joiz, deputatning tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ko‘magida mahallaning 800 metr masofasiga temir quvurlar yotqizildi. Natijada hududdagi 3843 ta aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Erkin AHMEDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1267
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-12 09:06:19

Носиржон Шокировдек жонкуяр ва фидоий депутатларимиз кўпаяверсин, ҳалқимизнинг муаммолий масалалар ечимини ҳал этишда доим шундай ҳаракатда бўлишда чарчашмасин.


Илхомжон Каюмов УзЛиДеП Наманган туман Кенгаши2018-07-12 08:15:47

" Кўп йиллардан буён ичимлик суви муаммосидан азият чекамиз, – дейди шу ҳудудда яшовчи Пўлатхон Жалалов. – Очиғи, бу масалада мурожаат қилмаган жойимиз қолмади. Лекин ҳеч бир ташкилот муаммомизни ижобий ҳал этиб бермади. Охир-оқибат мазкур масалада халқ ноибига мурожаат қилдик. Депутат муаммони атрофлича ўрганди ва мутасадди ташкилотлар ҳамкорлигида мурожаатимизни ижобий ҳал этиб берди. " - - - - - Депутатлар уйгонгни рост булсин. Шундай халк дарди ташвиши билан ёниб ишлайдиган депутатлар купаяверсин. Ишларга ривож. Изланиш ва интилишдан асло чарчаманлар ! 3848 та хонадондаги ахолини энг мухим муаммоси ичимлик сув муаммоси хал булганидан хурсандмиз!


Fikringizni qoldiring

+