Namanganda bayram tantanalari ayni avjida

31.08.2017, 19:06

Namanganda bayram tantanalari ayni avjida

Namanganda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati –O‘zbekiston liberal–demokratik partiyasi “Ayollar qanoti” tomonidan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Mustaqil yurtning mustaqil tadbirkori” mavzusida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvga Xalq deputatlari viloyat va tuman(shahar) Kengash deputatlari, NamDU professorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofot sovrindorlari, tajribali tadbirkor va fermerlar xamda Namangan shahrida istiqomat qiluvchi xotin-qizlari va yoshlar taklif etildi.

NamDU professorri X.Usmonova, “Shaxnoza master klass” MChJ rahbari Adiba Xojimirzayeva va NamDU talabasi, shoira Manzura Abdullayevalar yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi bayrami bilan qutlab, mustaqillik ne’matlari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalari bildirishdi.

—Men mustaqil yurtning mustaqil tadbirkoriman, – deydi  “Shaxnoza master klass” MChJ rahbari Adiba Xojimirzayeva.  —Dastlab 3 dona tikuv mashinasi bilan ish boshlagan bo‘lsam, mustaqillik sharofati bilan xozirga kelib zamonaviy tikuv asboblarim 28 taga yetdi. 35 nafar qizlarni ish bilan ta’minladim. Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdamiz. Bukabi imkoniyatlar yaratib berilgani uchun Prezidentimizga, hukumatimizga kattadan katta rahmatlar aytaman.

Uchrashuv yakunida 5 nafar ishtirokchiga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi bayrami munosabiti bilan viloyat Kengashining tashakkurnomasi va esdaliksovg‘alari taqdim etildi.

Shuningdek, partiya viloyat Kengashi tomonidan  eng ulug‘ va eng aziz bayram munosabati bilan Namangan shahridagi Objuvoz mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda mahalla faollari tomonidan bildirilgan muammo va takliflar bo‘yicha Kengash xodimlari va partiya faollari tomonidan atroflicha javob berildi va yechimini kutayotgan masalalarni maxalliy Kengashdagi deputatlik guruhlari orqali ijobiy xal etilishida amaliy yordam berilishi bildirildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolarining taklifiga binoan Objuvoz maxallasidagi BPTda “O‘zLiDeP kutubxonasi” tashkil etishga kelishib olindi. Unga partiya faoli "Namangan kitob olami" MChJ rahbari M.Mo‘minov homiylik qiladigan bo‘ldi.

Viloyatda bayram tantanalari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1527
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+