Turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida kredit ajratiladi

18.07.2018, 19:02

Turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida kredit ajratiladi

Bugungi kunda aholi, xususan, mehnatga layoqatli fuqarolarning salmog‘i oshib borishi qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va uni oshirishning o‘ziga xos yangi shakllarini topishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, bugun mehnat bozoridagi bandlik muammolarini yechish va hal etishga davlat siyosati darajasida keng e’tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada tezlashtirdi. Chunki qarorga muvofiq, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni takomillashtirish, samaradorligini oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ma’qullandi hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan aholi uchun bir qator qulayliklar yaratilishi, imtiyozlar ajratilishi belgilab berildi.

Mazkur qarorning eng muhim jihati shundaki, qishloq tumanlarida, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etiladi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ham ozod etiladi.

Yana bir yangilik. Endilikda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan aholi yuridik shaxs tashkil etmagan holda 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin qarindoshlarini,  jumladan, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli.

Eng ahamiyatlisi, kichik tadbirkorlik sub’ektlariga fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasida, ayniqsa, maishiy, ta’mirlash, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash hamda qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida kasanachilikni rivojlantirish maqsadida eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratilishi belgilab berildi.

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” qarorda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olingan ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oilalarning a’zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda mikrokreditlar ajratilishiining belgilab qo‘yilishini ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, deb hisoblaydi. Bu kabi g‘amxo‘rliklar natijasida norasmiy mehnat qilayotgan fuqarolarni, ishsizlikdan aziyat chekayotgan opa-singillarimizni kichik biznesga jalb etish jarayonlari yanada kengayadi.

Ta’kidlash lozimki, qarordagi vazifalar ijrosini amalga oshirilishi o‘z navbatida “Har bir oila tadbirkor” dasturi ijrosini samarali ta’minlanishiga hamda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilalarning farovonligiga erishiladi.

Mazkur qizg‘in jarayonlarda O‘zLiDeP ham o‘zining dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘zining sa’y-harakatlarini yanada jonlantiradi va partiyaviy vositalar orqali qat’iy jamoatchilik nazoratini olib boradi. Eng muhimi, qarorning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi.

Nilufar OTAYEVA,

 O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi

ayollar bilan ishlash bo‘limi

etakchi konsultanti

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1047
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Махмудов Жавлон Юқори Чирчиқ тумани ижрочи котиби 2018-07-19 12:45:53

Ушбу қарор билан, тадбиркорлик соҳасида иш бошлаш ниятида бўлиб кредит олиш учун гаров ёки таъминот топа олмай юрган фуқаролар учун катта имконият яратилмоқда. Тижорат банклари кредит беришда муаммо қилмаса бўлгани.


Тожиева Узрахон- Бағдод тумани Иттифоқ МФЙ БПТ етакчиси2018-07-19 10:32:07

Ушбу карор негизида ахоли айниқса хотин қизларимизнинг бандлигини таъминлаш, оилаларимиз фаровонлигини янада ошириш каби мухум вазифаларни бажарилиши белгилаб қўйилган.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-07-19 08:27:17

Хурматли Президентимиз томонидан имзоланган “Аҳоли бандлигини таъминлаш борасидаги ишларни такомиллаштириш ва самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарор кенг ахоли тамонидан кизгин куллаб кувватланмокда . Турмуши огир шаройтдаги хотин кизлар учун мана имконият . Гаровсиз кредит олиб тадбикорликни бошласа ойласи фарованлигини таъминлайди, янги иш уринлари яратилади, бу борадаги амалга оширилаетган ишлар самарси янада ортади


Fikringizni qoldiring

+