17 nafar yigit-qiz “Daf lyuks”ga ishga joylashdi

24.07.2018, 17:41

 17 nafar yigit-qiz  “Daf lyuks”ga ishga joylashdi

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Qahramon Bobomirzayev xalq bilan muloqot qilish, oddiy odamlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish maqsadida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida hudud aholisi tomonidan 20 dan ortiq muammolar  kelib tushdi.

Shu hududda yashovchi Dilshod Tursunov ishsizlik bo‘yicha, Mahmudjon Mirzayev chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit olishda, Islomjon Rahimov esa qora mol boqish va ko‘paytirish uchun yer maydoni ajratishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Yuzma-yuz muloqot davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar xalq noibi Q.Bobomirzayev tomonidan atroflicha o‘rganilib, muammolarning salmoqli qismi joyida hal etildi. Masalan, M.Mirzayevning imtiyozli kredit olish bo‘yicha qilgan murojaati “Mikrokredit bank” tuman filiali ma’sul xodimi Umidjon Muhiddinov mas’ulligida hal etildi. Shuningdek, tumandagi 17 nafar ishsiz aholi Namangan MFYda tashkil etilgan “Daf lyuks” MChJga ishga joylashtirildi.

Qabulda vaqt talab qiladigan masalalar xalq noibi Q.Bobomirzayev hamda   Namangan MFY sektor rahbari A.Davlatov tomonidan nazoratga olindi.

Orifjon MAHMUDOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

 Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    999
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-24 19:24:47

O'zLiDeP deputatlarining aholi muammolarini ijobiy echimiga kumaklashayotganligi partiyamiz safini tobora kengayishiga sabab bo'lmoqda.


Fikringizni qoldiring

+