Joriy yilda Surxondaryoda 144 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1 ming 934 ta yangi ish o‘rni yaratildi

26.07.2018, 10:16

Joriy yilda Surxondaryoda 144 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1 ming 934 ta yangi ish o‘rni yaratildi

Bu haqda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhining navbatdagi  yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda deputatlar viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Normo‘minovning hisobotini eshitdi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, viloyat moliya boshqarmasi tomonidan  2017 yil uchun budjet daromadlarining belgilangan 970.2 milliard so‘m rejasi yil yakuni bilan 1 trillion 23 yarim milliard so‘mga bajarilgan.

–Bugungi kunda viloyatimizda jami 1916 ta, shundan 25 ta yirik, 1891 ta kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi J.Normo‘minov. –Joriy  yilning 6 oyi davomida mazkur korxonalar tomonidan 1 trln. 280 mlrd 271 mln. so‘mlik sanoat mahsulotlari, 517 mlrd 95 mln. so‘mlik iste’mol mollari ishlab chiqarildi.

Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha viloyat investitsiya boshqarmasining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘lim boshlig‘i Sardor Jumayevning hisoboti ham tinglandi.

–Joriy yilda viloyatda umumiy qiymati 273 milliard so‘mga teng bo‘lgan 144 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1 ming 934 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, – deydi S.Jumayev. –Ayni chog‘da esa 39.4 million dollar qiymatidagi 14 ta loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el sarmoyalari yordamida amalga oshirilmoqda. Yana bir muhim jihati, joriy yil boshida viloyatda 61 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ayni vaqtda ularning soni 94 taga yetdi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Murod EShNAZAROV,

                                                                             O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1066
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ш. Хўжаназаров O`zLiDeP Шеробод туман Кенгаши аппарат рахбари 2018-07-26 14:26:18

Йиғилишда Хорижий инвестицияларни жалб қилиш бўйича вилоят инвестиция бошқармасининг хорижий инвестицияларни жалб қилиш бўлим бошлиғи Сардор Жумаевнинг ҳисоботи ҳам тингланди. Хисоботда таъкитланганидек бугунги кунда мамалакатимизнинг барча вилоятларида хусусан Сурхондарё вилоятида хам улкан ўзгаришларга гувох бўлмоқдамиз. Биргина Шеробод туманида Шеробод цимент заводи, Шеробод текистель заводларининг ишга туширилиши минглаб Шерободликларни иш билан таъминланишига замин булди.


Шовот туман Кенгаши 2018-07-26 12:19:24

Жойларда олиб борилаётган ислохотлар ўз самарасини бера бошлади, энди янада шижоат билан қадам ташламоғимиз лозим


Fikringizni qoldiring

+