O‘zLiDeP faoli ko‘magida hududlarda hindistonlik professor doktorlar ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi

02.08.2018, 17:53

O‘zLiDeP faoli ko‘magida hududlarda hindistonlik professor doktorlar ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi

O‘zLiDeP Toshkent shahar va Mirobod tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Orion Medicitiy” xususiy klinikasida “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik davomida Hindistonning “Medanta the Medicitiy” yirik tibbiyot klinikasi kardioxirurgi Naresh Trexan  tomonidan 200 nafardan ortiq  xotin-qiz chuqurlashtirilgan tibbik ko‘rikdan o‘tkazildi.

– Mazkur tadbirni tashkil etishdan maqsad zamonaviy tibbiy texnikalar yordamida yurak hastaliklarining oldini olish va kasallikni barvaqt aniqlash, – deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi bo‘lim mudiri Dilnoza Abdullajanova. –Agar ayol kishi sog‘lom bo‘lsa kelajakda Alpomishdek farzandlar yetishib chiqadi. Endi shahrimizning boshqa tumanlariga ham partiya “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Orion Medicitiy” klinikasi hamkorligida hindistonlik professor doktorlar ishtirokida tibbiy ko‘riklar tashkil etamiz.

Ta’kidlash kerak, ko‘rikda 30 foiz ayollarda yurakning og‘ir bo‘lmagan formadagi hastaliklari, 8 foizida esa og‘ir toifadagi hastalik aniqlandi va kasalligi aniqlangan bemorlarga  zarur maslahatlar berildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1577
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ахунбаева Муаззам Наманган вилоят кенгаши2018-08-06 16:01:57

"Аёллар қаноти" томонидан шундай тадбирлар янада кўпроқ утказилиб турилса жамиятда аёлларимиз соғлигига катта этибор қаратган бўламиз


Холматова Дилноза Наманган вилоят кенгаши2018-08-06 15:53:55

"Айоллар қаноти" ташаббуси билан ўтказилган бунақанги тадбирларда айолларимизга ва уларнинг соғлигига берилаётган эьтибор тахсинга лойиқ


Кадиров Жасурбек-O'zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-03 18:28:33

“Аёллар қаноти” ташаббуси билан ташкиллаштирилган мазкур тадбир таксинга лойик.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани2018-08-03 16:05:49

УзЛиДеП партия “Аёллар қаноти” ташаббуси билан ташкиллаштирилаетган чора тадбирлар самараси албатта кувонтиради. Хайрли ишларнини хар ким хар куни килишимиз керак, бу билан халкимизнинг партияга деган ишончи ошади.


Усмонов Сардор2018-08-03 14:29:00

Ushbu savobli ishni har bir hududda tashkil qilish lozim.


Fikringizni qoldiring

+