Zulxumor Zohidova: mahsulotlarimiz orqali azim Samarqandimizni dunyo taniyapti!

03.08.2018, 16:01

Zulxumor Zohidova: mahsulotlarimiz orqali azim Samarqandimizni dunyo taniyapti!

O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashi tomonidan “Zulxumor” xususiy korxonasida “O‘zLiDeP – tadbirkor ayollar manfaatlari himoyachisi” mavzuida amaliy muloqot tashkil etildi.

Unda partiya tuman Kengashi faollari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, tegishli tashkilot va idora vakillari hamda tadbirkor va ishbilarmonlar qatnashdi.

Samarqandlik Zulxumor Zohidovani ko‘pchilik zamonaviy va irodali, faol va tashabbuskor ayol sifatida yaxshi biladi. Chunki tinib-tinchimas bu tadbirkor hozirga qadar 500 nafarga yaqin xotin-qizga hunarmandchilik  sir-asrorlarini o‘rgatgan.

– Ona avlodim zarduzlik bilan shug‘ullangan,  – deydi Z.Zohidova. – Men to‘rtinchi avlod vakilasi sifatida milliy hunarmandchilikning zarduzlik sohasini tanladim. To‘g‘risi, boshida bu ishni boshlashga biroz qo‘rqdim. Lekin yaqinlarimning qo‘llab-quvvatlashi bilan milliy, zamonaviy zardo‘z ko‘rpa-to‘shak, kiyim-kechaklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydim. Mahsulotlarimiz asosan qo‘l mehnati yordamida tayyorlanadi. Bitta mahsulotni tayyorlash uchun o‘rtacha 1-2 oy vaqt sarflanadi. Shu bois, mahsulotlarimizning bozori chaqqon. Nafaqat ichki bozorda, balki xorijga  eksport qilyapmiz. Quvonarlisi, mahsulotlarimiz orqali azim Samarqandimizni dunyo taniyapti!

Tadbir so‘nggida tadbirkor va ishbilarmonlar mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga va yechimini topolmayotgan muammolariga atroflicha javob oldilar.

Marhabo ChO‘LIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1104
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+