O‘zLiDeP faoli 366 mln. so‘mlik loyihani amalga oshirib, 15 nafar yoshlarning bandligini ta’minlamoqchi

09.08.2018, 15:54

O‘zLiDeP faoli 366 mln. so‘mlik loyihani amalga oshirib, 15 nafar yoshlarning bandligini ta’minlamoqchi

Amudaryo tumanidagi “TAMARA-TEXSTIL” MChJda asosan ayollar,  erkaklar va bolalar kiyimlari ishlab chiqariladi. Shu kunlarda korxona rahbari Tamara Yusupova faoliyatini yanada kengaytirib, yangi ish o‘rinlari ochish niyatida.

 Sababi, yaqinda u tayyor tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bilan bino va inshootlar ajratish bo‘yicha tumanda tashkil qilingan tenderda g‘olib bo‘ldi.   

Umumiy qiymati 366 mln.so‘mni tashkil qilgan loyihaning 230 mln.so‘mi o‘z mablag‘i hisobidan, qolgan 136 mln.so‘mi esa “Milliy bank” tomonidan ajratiladi. Asosiysi, loyiha ishga tushgach 15 ta ish o‘rni yaratiladi.

–Tinib-tinchimas bu tadbirkor o‘sib kelayotgan yosh avlodga, ayniqsa, uyda o‘tirgan xotin-qizlarga biznesning barcha sir-asrorlarini o‘rgatadi, – deydi O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi apparat rahbari Muqaddas Beknazarova. – Shuningdek, u siyosiy jarayonlarga ham befarq emas, partiya tomonidan o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarda faol qatnashadi. Quvonarlisi, yaqinda tadbirkor 5 nafar uyushmagan yoshni ishga qabul qilib, korxona qoshida partiyaning boshlang‘ich tashkilotini tuzdi.

Tamara Yusupova misolida yoshlarga tadbirkorlikka bo‘lgan ishonch, maqsadlariga qat’iyat bilan barcha marralarni egallash mumkinligini aytgimiz keladi.

Lola Qallixanova,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1116
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Б.Отешова-УзЛиДеП Конликул туман Кенгаши2018-08-09 16:57:56

Барча соха каби тадбиркорлик сохасида хам аёллар фаол. Давлатимиз томанидан яратиб берилаётган имкониятлардан самарали фойдаланиб, ёшларимизнинг келажагини таъминлаётган Тамарахон каби тадбиркорларнинг ишларига ривлж тилаймиз.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-09 16:04:26

Партиядошимиз Тамараханнинг намунали ишларидан урнак олса арзийди. Энг кувонорлиси уюшмаган ешларни ишга жалб килиши. Сизга келгуси ишларнингизда омадлар тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+