Asal – ming dardga malham, deydi mingbuloqlik Baxtiyor Qodirov (VIDEO)

17.08.2018, 18:22

Asal – ming dardga malham,  deydi mingbuloqlik Baxtiyor Qodirov (VIDEO)

Xalqimiz asalarini “etti xazinaning biri” deydi. Shu bilan birga, bu foydali hasharot oila tabibi hamdir.  Chunki to‘yimli ozuqa hisoblangan asal tarkibida inson organizmi uchun foydali mikroelementlarning 70 foizdan ortig‘i mavjud. 

Shu boisdan, keyingi yillarda mamlakatimizda asalarichilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aytish joiz, namanganlik fermerlar ham bol yetishtirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Mingbuloq tumanidagi “Bahtiyor Abdusalomovich” ko‘p tarmoqli fermer ho‘jaligi rahbari Baxtiyor Qodirov ana shunday omilkorlardan biri.

2006 yilda tashkil topgan mazkur fermer xo‘jaligi dastlab g‘alla va paxtaga ixtisoslashgan bo‘lsa, hozirga kelib chorvachilik, issiqxona va asalarichilik tarmoqlari ham bor.

-Dastlab 50 ta oila, ya’ni 25 ta yashikda asalari parvarishlashni yo‘lga qo‘ygan edik, - deydi B.Qodirov. – Ayni chog‘da yashiklarimiz soni 100 dan ortdi. Bu asalarichilik koni foyda ekan. Ham mahsulot olib daromadimiz ko‘paymoqda, ham hosildorlik unumi oshishiga xizmat qilyapti.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bitta asalari bir kilogramm asalni yig‘ish uchun 4500 marta parvoz qilishi va 6-10 mln guldan shira olishi kerak ekan. Foydali hasharotga bu sharoitni yaratib berish esa asalarichining zimmasida. Serdaromad tarmoqning mashaqqatli ekani ana shu tajribaning o‘zidayoq bilinadi.

Ta’kidlash kerak, bugun sohani rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli asalarichilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fermerlar safi tobora ortib boryapti. Bu esa aholi iste’moli uchun tabiiy toza asal yetkazib berish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘layotir.   

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    79
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рустамжон Хакимов 2018-08-18 12:18:46

Шунақа тавсявий харкатерга эга соҳалар хақида маълумотларни кўпроқ беринглар. Жуда зўр чиқибди. Видео орқали кўп маълумот олдим. Раҳмат.


Fikringizni qoldiring

+