Hovuzimizni buzmang!

19.08.2018, 01:20

Hovuzimizni  buzmang!

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruhi  Nishon tuman Paxtakor va Baynalmilal mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi bilan muloqot qilganlarida, ular  turmush sharoiti yomonligi, kanalizatsiya mutlaqo ishlamasligidan shikoyat qilishdi. Ikkita uyda yashovchi aholi bitta hovuzdan suv ichishar ekan.  Tuman hokimligidan kelib, bu hovuzni buzib tashlamoqchi ekanliklarini bildirishibdi. 

- Biz yashayotgan uylarda sanitariya holati nihoyatda yomon, -deydi “Sokinlik” ko‘chasidagi 6-xonadonda yashovchi Muhabbat Shodmonova. – Bolalarimiz o‘rtasida yuqumli kasalliklarga chalinganlari kun sayin ortmoqda. Bolalar maydonchasi yo‘q. Ularni  salomatligini asrash maqsadida ko‘chaga chiqishga ruxsat bermaymiz. Chunki uylar atroflari axlatxonaga aylangan. Bugun biz bilan muloqot qilgan deputatimizdan ushbu muammoni ijobiy hal etishini so‘radik. Hovuzga bir mashina suv to‘kib, barchamiz shu hovuzdan suv ichamiz. Agar uni buzib tashlashsa, 2 kilometr joydan suv tashib kelishga majbur bo‘lamiz.    

Ushbu mahallalardagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputat Ubaydulla Usmonov tomonidan mutasaddilarga deputatlik so‘rovi kiritilib, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

O‘rganishlar davomida  “Har bir oila-tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga va har bir oilaga imtiyozli kreditlar ajratilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.  

                            Asilabonu SULTONOVA,

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1096
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+