Sirdaryolik Dilfuza Mansurova 11 nafar xotin-qizni bandligini ta’minlagan

24.08.2018, 18:37

Sirdaryolik Dilfuza Mansurova 11 nafar xotin-qizni bandligini ta’minlagan

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Ulug‘yo‘l” MFYda yashovchi Dilfuza Mansurova qo‘li gul tikuvchilardan. Bolaligidan tikuvchi bo‘lishni orzu qilgan Dilfuza bu hunarni qunt bilan o‘rgandi. Andoza olish, bichish, tikish sir-asrorini puxta egalladi. Ayni chog‘da u rahbarlik qilib kelayotgan tikuvchilik sexida 11 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan  band.  

E’tiborlisi, hozirda tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki borzorda, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlariga ham eksport qilinyapti.  

–O‘tgan yili kasb-hunar kollejini tamomlab mazkur tikuv sexiga ishga joylashgan edim, – deydi Iroda Erbo‘tayeva. – Ochig‘i, o‘tgan davr mobaynida Dilfuza opadan tikuvchilikning barcha sir-asrorlarini o‘rgandim. Hozirgi kunda 800 ming so‘mdan 1 200 ming so‘mgacha oylik maosh olyapmiz. Eng muhimi, tikuv seximizda ishchi-xodimlar uchun barcha sharoitlar mavjud.

Ta’kidlash kerak, bugun yosh tadbirkor nafaqat yoshlar bandligini ta’minlashda balki partiya bilan hamkorlikda qator xayriya tadbirlarini ham o‘tkazib kelyapti. Jumladan, yaqin “Ulug‘yo‘l” MFYda yashovchi boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining 30 nafardan ziyodini tarixiy maskan, ochiq osmon ostidagi muzey Samarqand shahriga ziyoratga olib bordi. Shuningdek, maktab o‘quvchilariga arzonlashtirilgan maktab yarmarkasi tashkil etib, ko‘p bolali hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oila farzandlariga o‘quv qurollarini sovg‘a qildi.

 Elyor JO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi

etakchi mutaxassisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1198
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Х.Тўраев Жиззах2018-08-25 14:39:33

Дилфуза Мансуровага фаолиятини яна кенгайтиришини тилаймиз


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-25 09:42:22

11 нафар хотин-қизларни доимий иш билан таъминлаган Дилфуза Мансурова каби фидоий тадбиркорларимиз янада кўпайсин, Дилфуза Мансурованинг келгуси ишларига омад ёр бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+