O‘zLiDeP faollari Afrika tuyaqushlarini parvarishlab kelayotgan mingbuloqlik Komiljon Nosirovga faoliyatini kengaytirish uchun kredit olib berishda ko‘maklashdi (+VIDEO)

03.09.2018, 16:38

O‘zLiDeP faollari Afrika tuyaqushlarini parvarishlab kelayotgan mingbuloqlik Komiljon Nosirovga faoliyatini kengaytirish uchun kredit olib berishda ko‘maklashdi (+VIDEO)

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Biznes tuzilmalari va fermerlar bilan ishlash bo‘limi viloyatdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yangi turdagi faoliyat turlarini ommalashtirish orqali aholi bandligini ta’minlash va ularning turmush farovonligini yaxshilashga o‘z xissasini qo‘shish maqsadida viloyatdagi fermer Komiljon Nosirovning serqirra faoliyati bilan yaqindan tanishdi.       

Komiljon Nosirov Afrika tuyaqushlarini boqish va ularni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘ygan viloyatdagi yagona fermer hisoblanadi.

Tuyaqushlar mart oyidan noyabr oyigacha tuxum beradi. Bitta tuyaqush mavsum davomida 80 tadan 110 tagacha tuxum qo‘yishishi mumkin. Bitta tuxumining og‘irligi esa 2 kilogrammgacha bo‘ladi. Kasalliklarga chidamli ushbu parrandaning yoshi 2 yoshdan o‘tgandan so‘ng qo‘ygan tuxumlarini, maxsus inkubatorga qo‘yilib, ushbu tuxumlardan 40-45 kunda polapon ochib chiqadi.

Tuyaqushning tuxumi va go‘shti juda ham foydali mahsulot hisoblanib, uning go‘shti turli xastaliklarni, jumladan yurak-qon tomir kasalliklari, qon bosimi va qandli diabetni davolashda yaxshi samara beradi. Patidan ayollar uchun sharf va boshqa kiyim-kechaklar, terisidan esa barcha turdagi charm mahsulotlari tayyorlanadi.

Tadbirkorning ta’kidlashicha  uning tirnog‘idan tayyorlangan kukun javohir va olmosni tozalashda qo‘llaniladi.

-2016 yilda dastlab to‘rtta Afrika tuyaqushlarini parvarishlash bilan o‘z faoliyatimni boshlaganman, - deydi fermer Komiljon Nosirov. Hozirda tuyaqushlarim soni 20dan ortdi. Bu noyob parrandalarni yanada ko‘paytirib, ommalashtirishni maqsad qilganman, boisi uning go‘shti ham, pati ham,  tuxumi ham juda qimmatbaho mahsulot hisoblanadi.

Bundan tashqari, tadbirkor tomonidan bugungi kunda mavjud bo‘sh turgan 0,5 ga maydondagi zakan ariqlarida 3000 dan ortiq amur, sazan va oqbaliq hamda italiya indyuklari parvarishlanmoqda.

Hozirda tadbirkorning faoliyatini yanada kengaytirish, viloyatning boshqa hududlarida ham tuyaqush yetishtirishni ommalashtirish maqsadida Mingbuloq tuman xokimligi tomonidan 6,0 ga yer maydoni ajratib berilmoqda. O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan tadbirkorning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa noyob parranda turlarini ko‘paytirishga ko‘maklashish maqsadida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berish ishlari boshlab yuborildi.    

 Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2353
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

IBROHIM2019-05-09 19:16:46

Hammaga salom. Men kollej bitiruvchisi man. Tuyaqush boqish niyatim bor. Tuyaqush boqish uchun kridet beriladimi. Va yoshlar uchun imtiyozlar bormi.xorazm bo- xavosiga to‘gri kelmaydi deyishadi xorazmda boqsa ham boladimi. Savollarga javob uchun oldindan rahmat.


Jamshid2019-04-10 21:26:56

Salom hamaga men kolej bitiruvchisiman men kridit olib tuyaqush bilan shug'ilanmoqchiman shunga yol-yo'riq ko'rsatsaylar iltimos.


Bahriddin2018-10-30 10:39:09

Assalomu alaykum men ham tuyaqush boqyabman maqsadim kopaytirish shu masalada yer kerak ekinga va ferma qilgani qanday va kimga murojat qilishni bilmayabman shu masalada amaliy komak berishingizni iltimos qilaman +998941552842


Fikringizni qoldiring

+