O‘zLiDeP deputatlari Ahadqulovlar oilasini ijtimoiy himoyaga olish yuzasidan so‘rov yubordi

07.09.2018, 09:30

O‘zLiDeP deputatlari Ahadqulovlar oilasini ijtimoiy himoyaga olish yuzasidan so‘rov yubordi

Osiyo Ahadqulova Urgut tumanidagi “Mergancha” MFYda istiqomat qiladi. Taqdir taqozosi bilan uning ikki nafar farzandi 8 yoshli  Bexruzjon va 6 yoshli Oynuraxon  2 yoshga to‘lgach nogiron bo‘lib qolgan.

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari mazkur xonadonga tashrif buyurib, xonadon sohibasi  bilan muloqot qildi. Suhbat davomida u oilasining e’tiborsiz qolganidan shikoyat qildi.

–Farzandlarim ikki yoshga kirgunicha sog‘lom edi. Peshonamizga yozilganmikin shu kunlar… Katta o‘g‘lim  ikkinchi sinf bo‘ldi. O‘qituvchi uyga tashrif buyurib dars o‘tib ketyapti. Darslarni o‘zlashtirishi sust. Toshkentdagi maxsus maktab- internatlardan biriga joylashtirish uchun murojaat qildik, lekin o‘rinlar to‘lgani uchun farzandimni qabul qilmadi,  – dedi O.Ahadqulova ko‘ziga yosh olib.

Mazkur muloqotdan so‘ng, ishchi guruh a’zolari O.Ahadqulovaning o‘g‘li Bexruzjon Muhiddinovni Toshkent shahridagi maxsus maktab-internatlaridan biriga joylashtirish uchun deputatlik so‘rovi chiqaradigan bo‘ldi. Shu bilan birga, mahalliy kengash deputatlari tomonidan tuman sog‘liqni saqlash  va ijtimoiy ta’minot bo‘limiga so‘rov yo‘llashga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1196
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Навоий вилоят Кенгаши ходими Ч.Раджабов 2018-09-07 18:21:22

Ижтимоий ҳимояга муҳтож фуқароларга кўмак бериш ҳар биримизнинг инсонийлик буримиз эканлигини унитмаслигимиз лозим.


Б.Юлдашев Навоий вилояти2018-09-07 09:54:16

Партиядошларимиз томонидан амалга оширилаётган саховатли ишлар тақсинга сазовор. Ногиронларга кўмак бериш ҳар биримизнинг буримиз эканлигини унитмаслигимиз лозим. Саховатли ишларингизга омад тилаймиз азиз партиядошлар.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-09-07 09:45:55

Ҳар бир ижтимоий ҳимояга муҳтож оилага мана шундай кўмаклашиш зарур


Fikringizni qoldiring

+