Deputatlik guruhi yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi

23.11.2017, 17:32

Deputatlik guruhi yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi

Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2017 yil 9 oylik yakunlari bo‘yicha mahalliy budjet parametrlarining bajarilishi yuzasidan tuman moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari Shuhratjon Sobirov  hamda sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturidagi loyihalar ijrosi bo‘yicha tuman hokimligi iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Usmonovlarning hisobotlari eshitildi.

Deputatlar bu ikki yo‘nalishda bajarilgan ishlarni e’tirof etgan holda mahalliy budjet parametrlari bo‘yicha hisob-kitoblarning asoslantirilishi, ayniqsa, tibbiyot, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim muassasalariga hamda ichki yo‘llarni ta’mirlashga e’tiborni kuchaytirish yuzasidan  o‘z taklif-mulohazalarini  bildirishdi. Shuningdek, yig‘ilishda tumanda sanoatni rivojlantirish dasturidagi loyihalar ijrosi bo‘yicha ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani haqida so‘z yuritildi.  

Deputatlik guruhi yig‘ilishida muhokama etilgan bu masalalarni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi  sessiyasiga  kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Komiljon FAYZIYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1348
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+