Yil oxirigacha Uzunda 150 investitsion loyiha amalga oshiriladi

20.09.2018, 10:21

Yil oxirigacha Uzunda 150 investitsion loyiha amalga oshiriladi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi va  O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi   yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ijrosi yuzasidan tuman Investitsiya bo‘limi boshlig‘i  Sh.Maqsudovning hisoboti tinglandi.

– Joriy yilda  tumanda  jami 92.5 mlrd so‘mlik 150 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilish rejalashtirilgan bo‘lib,  loyiha  doirasida   jami 1300  nafarga  yaqin  yangi  ish  o‘rni  yaratiladi, – Sh.Maqsudov. – Hozirgi kunga qadar  37.3 mlrd so‘mlik, 110 ta loyiha  amalga oshirildi, 873 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlashga erishdik.

Bundan tashqari, tumanda tashkil etilgan kichik sanoat zonasida yil yakuniga qadar 1.9 mln. dollarlik  loyihani  amalga oshirish belgilangan bo‘lib, mazkur quvvatlarning ishga tushirilishi natijasida qo‘shimcha  71 ta yangi ish o‘rni  yaratiladi. Ayni vaqtda mazkur  sanoat zonasida har xil  bo‘yoqlar, plastmassa idishlar, mix chiqindilarni qayta ishlash, meva-sabzavotlarni qadoqlash va mebel sexlari ishlab turibdi.

Tumanga xorijiy investitsiyalarni keng  jalb qilish  maqsadida har bir sektor  rahbari kamida 2 mln. dollardan  kam bo‘lmagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy investitsiyani jalb qilish uchun  Koreya Respublikasi, Xindiston, Eron Islom Respublikasi hamda qo‘shni Afg‘onistonlik tadbirkorlar  bilan  o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yishgan. Jumladan, tumandagi “Materik gold invest” MChJ tomonidan kovrak plantatsiyalarini tashkil etish va kovrak shirasini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida 6.5 mln. dollar qiymatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilgan bo‘lsa, chorvachilik va meva-sabzavotchilik  yo‘nalishlarini  rivojlantirish maqsadida 6 ta yangi loyihani ishga tushirish ustida ishlar olib borilmoqda. 

Yig‘ilish so‘ngida muhokama etilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Muhammadi MAMADALIYEV,  

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi deputatlar bilan

ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1191
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

рузибек Каюмов2018-10-15 14:07:50

Зур буларди шундай ишла р булса


Хамракулова Луиза Жиззах вилояти2018-09-20 17:08:48

Бу каби инвестицион лойихалар самарали бандликни яратиб, тадбиркорлик фаолияти ва инноватсиялар учун шароитларни яхшилайди ва барқарор иқтисодиёт ўсишини таъминлайди.


Fikringizni qoldiring

+