O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” uyda yotgan bemor xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etdi

20.09.2018, 17:17

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” uyda yotgan bemor xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etdi

O‘zLiDeP Andijon viloyat va Izboskan tuman Kengash tomonidan tumandagi “Taraqqiyot” MFYda “Obod qishloq” dasturi doirasida aholini sog‘lomlashtirish, imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olish, ularga zaruriy moddiy, tibbiy ko‘maklar ko‘rsatish kabi xayrli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, partiya viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

 Nihoyatxon Abduxalimova “Mustaqillik” ko‘chasi 168 xonadonda istiqomat qiladi. 1-guruh nogironi bo‘lgan bu ayol 24 yildan buyon to‘shakka mixlangan, betob.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinikaning tor soha mutaxasislari bemorni to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazdi va barcha muolajalar xonadonning o‘zida amalga oshirildi.

Shu hududdagi “Birlashgan” ko‘chasi 28 uyda yashovchi Diloramxon Yoqubova ham tibbiy muolajaga muhtoj. Boshidan 2 marta jarroxlik operatsiyasini o‘tkazgan xonadon sohibasi hozirda qandli diabet kasalligi ham bezovta qilayotganini aytdi. Shu yerning o‘zida unga nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun yo‘llanma berildi. Muolaja uchun doimiy maxsus patronaj hamshirasi ajratildi.

–Bugungi sog‘lomlashtirish tadbirimizda mahalladagi 10 ga yaqin nogironligi bor fuqarolar xonadonida bo‘lib, ular holidan xabar olindi, – deydi partiya Izboskan tuman Kengashi apparat rahbari Abdulaziz Xasanov. – Chnki ko‘ngli yarim insonlar hamisha e’tiborda ekanliklarini his qilishlari kerak. Bunda albatta bizning ham o‘z o‘rnimiz, ko‘magimiz bo‘lishi zarur.

Umidaxon ISAYEVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1990
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+