Ishchi guruh hazoraspliklarga yordam berdi

21.09.2018, 17:09

Ishchi guruh  hazoraspliklarga yordam berdi

Hazorasp tumanida Respublika ishchi guruhi a’zolari Oliy Majlis Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Baxodir Tojiyev, Prezident maslahatchisi yordamchisi Marat Eshbekov, O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari Qobuljon Berdiyev, Xazorasp tuman xokimi O‘ktam Qurbanov, Xalq deputatlari Xorazm viloyat va tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Jumanazar Qurbanov, Gulnora Matmuratovalar 10 kun mobaynida tumanning 59 ta mahallasidagi 4803 ta xonadon vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda fuqarolarning murojaatlari va o‘tkazilgan suhbatlarda ko‘tarilgan muammolarni joyida hal etishga e’tibor qaratildi.

Bunda asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko‘maklashish, nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarga sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etgan oilalar, ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan yoshlarni o‘rganish va ularni hayotga qaytarish ishchi guruhning e’tibor markazida bo‘ldi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, uy-joyga muhtojlarga ko‘maklashish, Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaat va arizalarni o‘rganish, ijtimoiy ob’ektlar, ko‘p qavatli uylar, ko‘chalarni ta’mirlash, bo‘sh turgan binolarni tadbirkorlarga ijaraga berish masalalari bo‘yicha amaliy ko‘mak berdilar.

O‘rganishdan keyin Tuproqqala mahallasining 5 km ichki yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha shag‘al toshlar yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari,

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1128
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-24 10:37:32

Ишчи гурух тамонидан урганилаётган муоммалар шу жойнинг узидаёк ечимини топиши, бу халкимизнинг вактини кетирмасдан кузлаган максадларга эришишда куплайликлар яратмокда. Улар тамонидан билидирлган таклифлар ва тилак истаклар албатта инобатга олинади ва конун дойрасида амалий ердам курсатилади.


Fikringizni qoldiring

+