O‘zLiDeP faoli mahorat darsi o‘tdi

21.09.2018, 17:12

O‘zLiDeP faoli mahorat darsi o‘tdi

O‘zLiDeP Tayloq tuman Kengashi tumandagi tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar uchun "Ezoza Nur" korxonasida "EKO Planeta" MChJ direktori Sayyora Salimovaning mahorat darslarini tashkil qildi. Unda O‘zLiDeP faoli S.Salimova tikuvchilik tajriba maktabi va tadbirkorlikning sir-asrorlari haqida gapirdi.

– Tikuvchilik eng sharafli kasblardan biri, – deydi S.Salimova. – Chunki siz yaratgan san’at asari  agarda did bilan tikilgan bo‘lsa, yoshu-qarining chiroyiga-chiroy qo‘shadi. Bundan tashqari, ayollar uchun eng qulay kasb deb bilaman. Chunki kasanachi tarzida faoliyat boshlab,  uy ishlarini qilish bilan birga 4-5 so‘m pul topishingiz ham mumkin.

Tadbirda yosh tikuvchilarning ishlariga tajribali ustozlar tomonidan baho berildi. Shuningdek, "Ezoza Nur" NNTning 15 nafar tikuvchi xotin-qizlari S.Salimovadan tikuvchilik sirlarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni  yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.

Baxtigul Qarshiyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1471
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-09-21 18:35:02

O‘zLiDeP фаоли С.Салимованинг келгусидаги фаолиятига омад тилайман. Тикувчилик хунари вояга етиб улғаяётган хар бир қизнинг келгусидаги эҳтиёжи деб ҳисоблайман.


Fikringizni qoldiring

+